×

2019 Next Generation GPS Symposium: AQShda barcha xarajatlari qoplanadigan 5 kunlik simpozium!


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

2999 marta

Women In International Security (WIIS) tashkiloti xalqaro munosabatlar, xavfsizlik masalalari, gender, antropologiya va shunga yaqin sohalar bo’yicha tahsil olayotgan magistratura/PhD talabalari va yosh mutahassislarni o’zining navbatdagi, 2019-yil 10-15 noyabr kunlari Vashington D.C.da bo’lib o’tadigan Next Generation Gender, Peace and Security (GPS) Symposium’da qatnashish uchun ariza topshirishga taklif etadi. Simpozium kelajak avlodning gender, tinchlik va xavfsizlik masalalarida olib boriladi. Dasturning muhim qismi siyosiy kuchlar raqobati, yadro xavfsizligi va gender muammolari muhokamasiga bag’ishlanadi. Simpozium 5 kunlik intensiv dasturdan iborat bo’lib, o’z ichiga seminar, trening, master klass hamda muhokamalarni oladi. Dastur doirasida 20-24 qatnashchiga grant ajratish ko’zda tutilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura/PhD talabalari va yosh mutaxassislar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grantni yutib olgan ishtirokchilarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  1. 5 kunlik simpoziumda bepul qatnashish.
  2. Bepul turar joy.
  3. Vashington D.C.ga borish va qaytish uchun aviachipta.

Talablar:

  1. Dasturga barcha davlat fuqarolari ariza topshirishlari mumkin (fuqarolikka oid cheklovlar yo’q).
  2. Simpozium barcha jins vakillari uchun ochiq.
  3. Nomzod 25-40 yoshlarda bo’lishi kerak.
  4. Nomzod magistr (MA) darajasiga ega yosh mutaxassis yoki magistratura/PhD talabasi bo’lishi zarur.
  5. Nomzod xalqaro munosabatlar, xavfsizlik masalalari, gender muammolari, antropologiya va shunga yaqin sohalar (international affairs, security studies, gender studies, anthropology, or a related discipline) bo’yicha tahsil olgan/olayotgan bo’lishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilida ravon so’zlasha, yoza olishi zarur.
  7. Nomzod 5 kunlik simpoziumda to’liq qatnasha olishi kerak.
  8. Simpozium davomida nomzod mavzuga oid tadqiqot ishi yoki loyihani taqdim etishi (present) va dastur tugaganidan keyin blog/maqola chop ettirishi talab etiladi.
  9. Taqdim etiladigan tadqiqot ishi/loyihaning mavzusi siyosiy kuchlar raqobati, davlatlarning tashqi siyosati, yadro xavfsizligi masalalari, xalqaro xavfsizlik va gender muammolari haqida yoki WPS (Women, Peace and Security) masalalarida bo’lishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar bilan batafsil bu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Next Generation Gender, Peace and Security (GPS) Symposium dasturida qatnashish uchun hujjatlar 2019-yilning 1-mayidan kechiktirmasdan topshirilishi zarur. Buning uchun hujjatlar to’planib, onlayn ariza sahifasidagi belgilangan o’rinlarga yuklanadi. Natijalar 2019-yil iyul oyi boshlarida e’lon qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

  1. Onlayn ariza.
  2. Rezyume.
  3. Nomzodning dasturga qiziqishini ifodalovchi xat (letter of interest). Xatda quyidagilar yoritilgan bo’lishi kerak:
  • Nimaga nomzod simpoziumda qatnashish istagidaligi.
  • Nomzodning bilimi, tajribasi, o’tmishi (general background) Next Generation Symposium rivojiga qanday hissa qo’sha olishi (2-3 dalil keltirilishi zarur).
  • Nomzodning tadqiqot va yozma qiziqishlari tavsifi hamda simpozium ariza beruvchining kerlajak rejalariga qanday ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi.
  • Nomzod simpoziumda qatdim emoqchi bo’lgan tadqiqot/loyiha ishining qisqacha mazmuni (tahminan 250-500 so’zdan iborat).
  1. Ikkita tavsiyanoma. Tavsiyanomalar tavsiya beruvchi tomonidan NextGenerationSymposium@wiisglobal.org. manzili bo’yicha WIIS’ga to’g’ridan-to’g’ri yuborilishi hamda xat sarlavhasida ariza beruvchining ismi sharifi yozilgan bo’lishi kerak.

Grant haqidagi qo’shimcha ma’lumotlarni tashkilotchining rasmiy saytidan olishingiz mumkin. Bog’lanish uchun: NextGenerationSymposium@wiisglobal.org.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!