×

212 Photography Istanbul fotosuratlar tanlovi: istalgan turdagi fotosuratlar bilan ishtirok etish va 5 000 yevro yutib oling!


Grant

MUHLAT

20.09.2020

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

2194 marta

Har yili o’tkaziladigan, ko’plab ekspozitsiyalar, mahorat darslari, film namoyishlari, ma’ruzalar va panellar, portfel sharhlari va boshqalarni o’z ichiga olgan madaniy va ma’rifiy xalqaro fotografiya festivali – 212 Photography Istanbul madaniy festivali yaqinlashmoqda. Ushbu festival 212 Magazine jurnali tomonidan tashkil etib kelinadi. Festivaldan ko’zlangan asosiy maqsad iqtidorli suratkashlar kashf qilish va shunday qobiliyatlarni birlashtirish. 212 Photography Istanbul festivali 2020-yil 8-18 oktyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida o’tkaziladi. Festivalda tanlov asosida saralab olingan eng yaxshi fotosuratlar namoyish etiladi. Tanlovga arizalar hozirda qabul qilinmoqda.

Grant kimlar uchun?

Suratkashlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Sovrinlar:

Tanlov g’olibiga 5 000 yevro pul mukofoti beriladi va uning ishlari 212 Magazine jurnalida chop etiladi. G’olibga tashakkurnoma va sertifikat taqdim etiladi.

10 nafar ishtirokchi tashakkurnoma va sertifikat bilan taqdirlanadilar.

Talablar:

  • Tanlovda professional suratkashlar ham, havaskor suratkashlar ham – barcha ishtirok etishi mumkin.
  • Bir ishtirokchi 5 tadan 10 tagacha fotosurat taqdim etishi mumkin. Fotosuratlar istalgan vaqt va joyda tushirilgan bo’lishi mumkin.
  • Fotosuratlar istalgan turdagi kamerada, istalgan janr asosida tushirilgan bo’lishi mumkin.
  • Tanlovda bir nechta suratkashlar tomonidan tushirilgan fotosuratlar bilan ham ishtirok etish mumkin, bunda mualliflar doimiy hamkor bo’lib kelgan bo’lishlari kerak.
  • Tanlovga taqdim etilgan fotosuratlar JPG yoki PNG 72 dpi RGB formatida, 2080 (bo’yiga) x 1920 (eniga) o’lchamda bo’lishi kerak.
  • Tanlovning barcha qoidalari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Tanlovda ishtirok etish uchun 2020-yil 20-sentyabrgacha ariza topshirish mumkin. Fotosuratlarni tizimga yuklashda har birini nomlash talab etiladi. Suratlar familiya_ism_nom_01 ko’rinishida nomlanishi kerak. Masalan: yusupov_salim_tabiat_01, yusupov_salim_tabiat_02, yusupov_salim_sport_01 va hokazo. Arizani bu yerda topshiring.

Ma’lumot uchun contact@212photographyfestival.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Savollaringiz bo’lsa, ko’p so’raladigan savollarga berilgan javoblar bilan tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!