×

Yevropaning eng ilg’or texnika va IT universitetlarida o’qish uchun grant!


Grant

MUHLAT

01.02.2018

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yevropa ittifoqi

O'QILGAN

3238 marta

EIT Digital Master School oliy ta’lim muassasasi Yevropadagi eng yaxshi texnika universitetlar, tadqiqot institutlari ittifoqi hisoblanadi va ko’plab biznes hamkorlarga ega. EIT Digital Master School’ga talaba sifatida qabul qilinganlar 2 yil davomida magistrlik bosqichini Yevropaning 2 ta eng ilg’or universitetida o’qiydi. Ushbu oliy ta’llim muassasasi magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchi xalqaro talabalar uchun grant dasturini e’lon qildi. Dastur maqsadi – iqtidorli talabalarni iqtisodiy jihatdan qo’llab-quvvatlash.

Grant kimlar uchun?

Magistrlik bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Ushbu dasturni qo’lga kiritgan nomzodlar quyidagi iqtisodiy imkoniyatlarni qo’lga kiritadi:

  • Nomzod 18 ming yevro stipendiya bilan taqdirlanadi (har oy 750 yevrodan to’lanadi);
  • Shuningdek, nomzod kontrakt pulining 50 foizigacha bo’lgan miqdorini to’lamaslik imkoniyatini yutib olishi mumkin.

Talablar:

Ushbu dasturni qo’lga kiritish uchun 3 bosqichni bosib o’tish lozim.

1-bosqich – Bunda tanlagan sohangiz bo’yicha test (quiz) ishlashingiz kerak.

2-bosqich – Bu bosqichda belgilangan arizani to’ldirish va unda so’ralgan hujjatlarni ilova qilish lozim. Ilova qilinadigan hujjatlar quyidagilar:
– Bakalavrlik diplomi. Oxirgi kurs talabalari diplom o’rniga shu yil o’qishni bitirishi va diplom olishi haqidagi universitetdan berilgan ma’lumotnomani topshirishi mumkin.
– Fanlardan olingan baholar ro’yxati.
– Ingliz tilini bilish darajasini isbotlovchi hujjat (IELTS 6.5 va hech qaysi bo’limi 6 dan past bo’lmasligi kerak/TOEFL iBT 92).
– CV.
– Motivatsiya xati.
– Pasport nusxasi.
– GPA ni ko’rsatuvchi hujjat (bu hujjat majburiy emas).

3-bosqich – Nega ushbu dasturni yutishga munosib ekanligingizni ifodalovchi insho yozishingiz kerak.

Grant e'lon qilgan tashkilot:

EIT Digital Master School

Nomzodlar 5 ta yo’nalishdan birini tanlashi mumkin. Ulardan birini tanlash va hujjat topshirish jarayonini boshlash uchun quyida keltirilgan sohalardan birini tanlang hamda ochilgan oynaning tepa o’ng burchagidagi «Start Now» tugmasini bosing:

Nomzod grantni qo’lga kiritgandan so’ng, o’qishi mumkin bo’lgan 2 ta universitetni o’zi tanlaydi. Universitetlar ro’yxati bilan SHU YERDA tanishing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!