×

Qozogʻiston: Orol dengizi bo‘yida 4-xalqaro yozgi maktab; qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajatlar qoplanadi!


Grant

MUHLAT

31.07.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Qozog'iston

O'QILGAN

4593 marta

Qozoq-Nemis universiteti tomonidan bo‘lajak yosh tadqiqotchilar uchun 2022-yil 10-20-avgust kunlari Orol dengizi bo‘yida 4-xalqaro yozgi maktab tashkil etilmoqda. Ushbu maktab, asosan, Markaziy Osiyo va Afg‘oniston vakillari, shuningdek, boshqa xorijiy fuqarolar uchun tashkil etiladi. Ishtirokchilar malakali mutaxassislardan suv sanoati, suv resurslari va boshqa mintaqaviy muammolar borasida malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Yozgi maktab mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Ushbu maktab YUNESKO, Germaniya Tashqi Ishlar Vazirligi, IFAS, GWP, Borsakelmes tabiiy qo‘riqxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Grant kimlar uchun?

Bakalavrlar, magistrlar va fan doktorlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok etish uchun qabul qilinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Markaziy Osiyo (jumladan, Oʻzbekiston) va Afg‘onistondan boʻlgan ishtirokchilar uchun tadbirning barcha xarajatlari qoplanadi. Bular sirasiga yo‘l, oziq-ovqat, turar joy va boshqa xarajatlar kiradi.
  • Dasturda ishtirok etgan qatnashchilar mintaqaviy muammolar, suv resurslari tanqisligi va ko‘riladigan chora-tadbirlar borasida keng malaka oshirish, kelajakka yangi g‘oyalar olish imkoniga ega bo‘ladi.

Eslatma: Marzakiy Osiyo va Afg‘onistondan boshqa davlat fuqarolari viza, sug‘urta xarajatlari va o‘z mamlakatidan Olmaota aeroportigacha – aeroportdan o‘z mamlakatigacha bo‘lgan chipta xarajatlarini o‘zlari qoplaydi. Olmaotadan Orol dengizigacha va u yerdan Olmaota aeroportigacha olib borish, shuningdek, maktab davomida oziq-ovqat va turar joy xarajatlari tashkilot tomonidan qoplanadi.

Talablar:

 

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • 18-35 gosh orasida bo‘lish kerak.
  • Ingliz tilini yetarlicha bilish lozim (rus tilini ham bilsa, yaxshi).
  • Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vaziyatga oid bilimga ega bo‘lish kerak.
  • Orol dengizi bilan bog‘liq tadqiqot/ish tajribasiga ega bo‘lish kerak.
  • Yozgi maktab davomida egallangan bilim va tajribalardan foydalanishga tayyor bo‘lish lozim.
  • Hozirda talaba (bakalavr, nagistr yoki fan doktori) boʻlish lozim.

Shuningdek,  Maktab davomida ko‘rib chiqiladigan uch asosiy mavzuga alohida qiziqish bildirish lozim.

Mavzular:

  1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat uchun kerakli suv.
  2. Yer osti suvlari.
  3. Suv – iqtisodiy farovonlik uchun.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2022-yil 31-iyul, soat 22:59 gacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

Arizani BU YERDA toʻldirib, topshirish lozim.

MUHIM: Ariza topshirishdan oldin dastur haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!