Butun dunyo bo‘ylab turli yoshdagi va turli madaniyatlarga mansub insonlar qashshoqlikni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash, ta’lim xizmatlarini yaxshilash, odamlarni xavfsiz suv manbalari hamda sog‘lom sharoitlar bilan ta’minlash, atrof-muhit, iqlim muammolari bilan kurashish va ofatlarni kamaytirish kabi turli illatlarga qarshi ko‘ngilli (volontyorlik) harakatlarda ishtirok etib kelmoqda.
Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi (The Islamic Cooperative Youth Forum – ICYF) Turkiya Respublikasi Yoshlar va Sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikda 2025-yil 28-apreldan 10-maygacha Turkiyaning Antaliya shahrida 7-Xalqaro Yosh ko‘ngillilar (volontyorlar) oromgohini tashkil etmoqda.
Bu yilgi oromgoh mavzusi quyidagicha: Psychosocial Wellbeing of Young Volunteers Facing Any Challenges (Qiyinchiliklarga duch keluvchi yosh volontyorlarning ruhiy farovonligi).
Oromgoh mavzusining batafsil tavsifi bilan BU YERDA tanishish mumkin.
Lager erkaklar va ayollar uchun alohida sanalarda boʻlib oʻtadi. Jumladan:
- Yigitlar uchun 2025-yil 28-aprel – 3-may kunlari;
- Ayol-qizlar uchun 2025-yil 5-10-may kunlari boʻlib oʻtadi.
Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.
Grant kimlar uchun?
18-35 yoshli volontyorlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Bu lagerda ishtirok etish uchun saralab olinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:
- Ishtirokchilar uchun ichki transport xarajatlari qoplanadi.
- Turar joy, oziq-ovqat va ichki turizm xarajatlari qoplanadi.
- Viza olishni osonlashtirish uchun qabul qilingan ishtirokchilarga taklifnoma yuboriladi.
- ICYF va dastur hamkorlari tomonidan ishtirok sertifikati taqdim etiladi.
Xorijlik nomzodlar Antaliyaga borish va qaytish aviachiptasi haqi, shuningdek viza olish (agar viza talab etilsa) uchun badallarni oʻzlari toʻlashi kerak. Tashkilotchilar faqat 250 dollargacha boʻlgan xalqaro safar xarajatlarini qoplab beradi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:
- Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlat fuqarosi (Oʻzbekiston aʼzo) yoki tashkilotga a’zo bo‘lmagan boshqa davlatning musulmon vakili bo‘lish lozim.
- Ingliz tilida yaxshi muloqot qila olishi kerak.
- Yoshi 18-35 orasida bo‘lish kerak.
- Tabiiy ofatlar va gumanitar inqirozlarga oid mahalliy va yoshlar salohiyatiga xavf solayotgan muammolarni tushunish kerak.
- Jamoa bilan ishlash qobiliyati talab etiladi.
- Volontyorlik tajribasiga ega boʻlish ustunlik beradi.
- Liderlik qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.
- Oromgohning hamma dasturlariga toʻliq qatnashishi uchun ishtiyoq va mas’uliyatga ega boʻlish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Lagerga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2025-yil 11-mart tong sahar 01:59 gacha qabul qilinadi.
Arizani bu yerga kirib to‘ldirishingiz mumkin. Ariza toʻldirish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtish (Register) orqali hisob (Account) yaratish lozim.
MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan tanishib chiqing.
Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: youthcamp@icyforum.org