×

Volontyorlar uchun Antaliyada 6 kunlik kuzgi oromgoh: Turar joy, oziq-ovqat va ichki transport xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

01.08.2023

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Turkiya

O'QILGAN

12958 marta

Butun dunyo bo‘ylab turli yoshdagi va turli madaniyatlarga mansub insonlar qashshoqlikni bartaraf etish, sog‘liqni saqlash, ta’lim xizmatlarini yaxshilash, odamlarni xavfsiz suv manbalari hamda sog‘lom sharoitlar bilan ta’minlash, atrof-muhit, iqlim muammolari bilan kurashish va ofatlarni kamaytirish kabi turli illatlarga qarshi ko‘ngilli (volontyorlik) harakatlarda ishtirok etib kelmoqda.

Islom Hamkorligi Yoshlar Forumi (The Islamic Cooperative Youth Forum – ICYF)  Turkiya Respublikasi Yoshlar va Sport ishlari vazirligi bilan hamkorlikda 2023-yil 4-16-oktabr kunlari  Turkiyaning Antaliya shahrida 5-Xalqaro Yosh ko‘ngillilar (volontyorlar) oromgohini tashkil etmoqda.

Bu yilgi oromgoh mavzusi quyidagicha: Young volunteers in rebuilding post-natural disaster and post humanitarian crises (Tabiiy ofatlar va gumanitar inqirozdan keyin qayta tiklash ishlarida yosh volontyrolar).

Bu oromgohning maqsadi Islom Hamkorlik Tashkiloti geografiyasidagi mavjud gumanitar inqirozlar haqida xabardorlikni oshirish va yosh koʻngillilarga ushbu inqirozlarga javob berish imkoniyatlarini oshirish, shuningdek, nazariy, amaliy mashg’ulotlar va seminarlar doirasida qayta tiklash jarayonida faol ishtirok etish imkoniyatini berishdir.

Lager erkaklar va ayollar uchun alohida sanalarda boʻlib oʻtadi. Jumladan:

  • Yigitlar uchun 2023-yil 4-9-oktabr kunlari;
  • Ayol-qizlar uchun 2023-yil 11-16-oktabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Dastur mashgʻulotlari ingliz tilida olib boriladi.

Grant kimlar uchun?

18-35 yoshli volontyorlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu lagerda ishtirok etish uchun saralab olinganlar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

  • Ishtirokchilar uchun ichki transport xarajatlari qoplanadi.
  • Turar joy, oziq-ovqat va ichki turizm xarajatlari qoplanadi.
  • Viza olishni osonlashtirish uchun qabul qilingan ishtirokchilarga taklifnoma yuboriladi.
  • ICYF va dastur hamkorlari tomonidan ishtirok sertifikati taqdim etiladi.

Xorijlik nomzodlar Antaliyaga borish va qaytish aviachiptasi haqi, shuningdek viza olish (agar viza talab etilsa) uchun badallarni oʻzlari toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos bo‘lishi lozim:

  • Islom Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlat fuqarosi (Oʻzbekiston aʼzo) yoki tashkilotga a’zo bo‘lmagan boshqa davlatning musulmon vakili bo‘lish lozim.
  • Ingliz tilida yaxshi muloqot qila olishi kerak.
  • Yoshi 18-35 orasida bo‘lish kerak.
  • Tabiiy ofatlar va gumanitar inqirozlarga oid mahalliy va/yoki global asosiy muammolarni tushunish kerak.
  • Jamoa bilan ishlash qobiliyati talab etiladi.
  • Volontyorlik tajribasiga ega boʻlish kerak (maqola, loyiha, rasm, video tayyorlash va h.k.).
  • Mahalliy hamjamiyatga ta’sir ko‘rsata oladigan liderlik qobiliyatiga ega bo‘lish kerak.
  • Oromgohning hamma dasturlariga toʻliq qatnashishi uchun shtiyoq va mas’uliyatga ega boʻlish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Lagerga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 1-avgust tong sahar 02:00 gacha qabul qilinadi.

Arizani bu yerga kirib to‘ldirishingiz mumkin. Ariza toʻldirish uchun dastlab roʻyxatdan oʻtish (Register) orqali hisob (Account) yaratish lozim.

MUHIM: Ariza topshirishdan avval rasmiy e’lon bilan tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan quyidagi emailga murojaat qilishingiz mumkin: volunteer@icyforum.org

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!