×

AQSh, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya va Taylandda magistratura va tayyorlov kurslari uchun barcha xarajatlari qoplanadigan to’liq grant; joy – 100 ta!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

AQSh

O'QILGAN

5960 marta

Rotary Foundation fondi tomonidan tashkil etilgan Rotary Peace Fellowships grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grant dasturi tinchlikni ta’minlash harakatlarida faol ishtirok etishlari uchun mutaxassislar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Grant dasturida AQShdagi Duke University va University of North Carolina at Chapel Hill universitetlari, Buyuk Britaniyadagi University of Bradford, Yaponiyadagi International Christian University, Avstraliyadagi University of Queensland va Shvetsiyadagi Uppsala University magistratura kurslari bilan, Tailanddagi Chulalongkorn University esa professional tayyorlov sertifikat kurslari bilan ishtirok etadilar. Magistratura kursida o’qish niyatidagilar shu universtetlardagi osoyishtalik va taraqqiyotga oid kurslarda to’liq grant asosida o’qishlari, oliy ma’lumotga ega mutaxassislar esa Tailandda shu yo’nalishdagi professional tayyorlov dasturida to’liq grant asosida ishtirok etishlari mumkin.

Magistratura kurslari 15-24 oy, tayyorlov kurslari 3 oy davom etadi. O’qish vaqtida dastur qatnashchilari jamiyatda osoyishtalikni ta’minlash uchun kerakli bilimlarni oladilar va zaruriy tayyorlovdan o’tadilar. Dasturda qatnashib chiqqan mutaxassislar hozirda BMT ofislari, hukumat tashkilotlari, siyojiy tashkilotlar, nodavlat yoki notijorat tashkilotlar, jurnalistika, huquqshunoslik va boshqa yo’nalishlarga ixtisoslashgan tashkilotlarda ishlashmoqda yoki o’qish va tadqiqot faoliyatlarini davom ettirishmoqda.

Dastur doirasida o’qish mumkin bo’lgan kurslar:

  1. AQSh: Duke Universiteti – master’s degree in international development policy 
  2. AQSh: Shimoliy Karolina Universiteti – master’s degree international peace and conflict resolution 
  3. Yaponiya: master’s degree in Peace Studies
  4. Buyuk Britaniya: Bradford Universiteti – master’s degrees related to peace, conflict, security, and development
  5. Avstraliya: Queensland Universiteti – master’s degree in international studies and peace and conflict studies
  6. Shvetsiya: Uppsala Universiteti – ijtimoiy fanlar bo’yicha magistratura kursi (kurs Tinchlik va Nizolar Tadqiqoti fakulteti tarkibiga kiradi va qurolli nizolar va ommaviy nizolarni o’rganishga bag’ishlanadi)
  7. Tayland: Yuqoridagi davlatlarda Rotary fondi dasturining magistratura kurslarida o’qish mumkin. Taylandda esa 3 oylik intensiv Tinchlik va Nizolarni bartaraf etish hamda oldini olish kursi o’qitiladi.

Grant kimlar uchun?

Magistraturada yoki professional tayyorlov kurslarida o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Rotary Peace Fellowships grantlari talabaning barcha (kontrakt, safar, yashash xarajatlari va o’qish davomida paydo bo’ladigan boshqa barcha to’lovlar) xarajatlarini to’liq qoplab beradi. Dastur doirasida magistratura kurslari va professional tayyorlov uchun 50 tadan jami 100 ta grant ajratilgan.

Talablar:

Dasturga quyidagi talablarga eng mos nomzodlar qabul qilinadi:

  1. Nomzod jahon davlatlari aro bir-birini tushunish, qo’llab-quvvatlash, tinchlik va hamdo’stlikning ta’minlanishiga qiziqishi va o’z hissasini qo’shishni maqsad qilgan iqtidorli, salohiyatli va kuchli shaxs bo’lishi kerak.
  2. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak. Ingliz tilidan tashqari yana bir jahon tilini bilish nomzodga saralash jarayonida ustunlik beradi.
  3. Nomzod o’zida yuksak liderlik sifatlarini namoyon etishi kerak.
  4. Magistratura kurslariga o’qishga kirmoqchi bo’lgan nomzodlar bakalavr diplomiga va dastur mavzusiga aloqador faoliyatda kamida 3 yillik ko’ngilli mehnat (volunteering) yoki ish tajribasiga ega bo’lishi kerak.
  5. Professional tayyorlov kurslari uchun nomzod 5 yillik ish tajribasi yoki volontyor mehnatga ega bo’lishi kerak.
  6. Dastur tarkibidagi kurslarga qabul uchun boshqa talablar bilan tanishish uchun kurslar o’qitiladigan universitet sahifalariga tashrif buyurib, talablar bilan tanishing. Nomzod Rotary Peace Fellowship dasturiga qabul uchun alohida, o’qitiladigan kurslar uchun alohida hujjat topshirishi kerak. Odatda grant yutib olgandan keyin magistratura yoki tayyorlov kursining o’ziga ham hujjat topshirish kerak bo’ladi.
  7. Rotary fondiga aloqador shaxslar dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga arizalar 2019-yil 31-maygacha qabul qilinadi. Rotary fondining dunyo bo’ylab ko’plab Tinchlik Markazlari bor. Dasturga nomzodlarni shu markazlar tavsiya qilishi kerak. Shuning uchun bu yerda berilgan ro’yxatdan O’zbekistonga eng yaqin joylashgan markaz(lar)ni tanlab, ularga o’zingiz haqingizda ma’lumot berilgan email jo’natishingiz kerak. Shu sahifaning o’zida ularga email yozish uchun matn berilgan bo’ladi. Emailda markaz nomzodni tavsiya qila oladimi yoki yo’q so’ralishi kerak. Agar markaz nomzodni qabul qilmasa boshqa markazga murojaat qilish zarur. Ariza berishda markazlar tomonidan tavsiya etilish majburiy hisoblanadi. Fondga qarashli tinchlik markazlarining bir nechtasiga email yozish mumkin. Ular nomzodni qabul qilishlarini ma’lum qilishsa, ariza berishdagi keyingi qadamlarni ham ko’rsatishadi. Odatda nomzod markaz tomonidan suhbatdan o’tkaziladi. Tinchlik markazi topish bilan muammoga duch kelsangiz, rotarypeacecenters@rotary.org elektron manziliga murojaat qiling (15-maygacha).

Markazlar nomzodlarni 1-iyulgacha ko’rsatadi, lekin nomzodning o’zi 31-maygacha alohida ariza berib dastur uchun ro’yxatdan o’tib qo’yishi ham kerak. Kerakli hujjatlar:

  1. CV.
  2. Insho hajmi 300-500 so’z bo’lish va unda nomzodning tinchlik va nizolarni bartaraf etish va oldini olish harakatlariga qiziqishini ko’rsatishini ko’rsatishi kerak.
  3. Ikkita tavsiyanoma.
  4. 2 ta tavsiyanoma.
  5. Baholar.
  6. Til sertifikati (IELTS yoki TOEFL). Til bilish darajasiga talab turli universitetlarda turlicha. Bu yerda batafsil tanishing.
  7. GRE testi sertifikati (Faqat Duke Universiteti uchun).
  8. District endorsement (tinchlik markazi tomonidan tasdiqlangan nomzodlik).

Ariza to’ldirish haqida

Nizom

Nizom

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!