×

Markaziy Osiyodagi trening, konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarga qatnashish uchun 500 dollargacha safar grantlari!


Grant

MUHLAT

31.12.2022

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Onlayn

O'QILGAN

4109 marta

Ijtimoiy-ekologik jamg‘arma tomonidan yoshlarning ekologik harakatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida safar grantlariga arizalar qabul qilinmoqda.

Safar grantlari dasturining maqsadi atrof-muhitni muhofaza qilish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.  Dastur 2022-yil 1-yanvardan 31-dekabrgacha bo‘ladigan safar grantlarini o‘z ichiga oladi.

Safar granti dasturi Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻtkaziladigan atrof-muhit, barqaror rivojlanish, inson huquqlari va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga bagʻishlangan tadbirlarda yosh yetakchilarning ishtirokini qoʻllab-quvvatlaydi.

Dasturga yosh yetakchilar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, jamoat tashkilotlari vakillari ariza berishi mumkin.

Safar granti ariza beruvchiga bir kalendar yilida bir marta beriladi. Dastur granti  Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston hamda Qirgʻizistonda boʻlib oʻtadigan quyidagi sohalar boʻyicha tadbirlarda (treninglar, konferensiyalar, seminarlar va boshqalar) ishtirok etish uchun ajratiladi:

  • Atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • Barqaror rivojlanish;
  • Iqlim o’zgarishi;
  • Inson huquqlari;
  • Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish.

Shuningdek, NNT va ommaviy axborot vositalarida 3 kungacha bo‘lgan amaliyot o‘tash ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Eslatma: talabalar uchun mo‘ljallangan ilmiy konferensiyalarida ishtirok etish, xalqaro va donor tashkilotlarda amaliyot o’tash uchun arizalar qabul qilinmaydi. Davlat organlari va tashkilotlarining yosh xodimlari ham ariza topshira olmaydi.

Grant kimlar uchun?

18-30 yoshli yosh yetakchilar, jurnalistlar, blogerlar, jamoatchilik faollari, jamoat tashkilotlari vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bitta nomzodga maksimal 500 AQSH dollargacha grant ajratiladi. Grant ajratilganda, grant summasi quyidagi xarajatlar uchun ishlatilishi mumkin:

  • Tadbirda qatnashish maqsadidagi safar uchun (aviachipta yoki poyezd chiptasi uchun).
  • 4 kalendar kunidan oshmaydigan yashash xarajatlari uchun.

Talablar:

Nomzodlarga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  • Nomzod safar paytida 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lish lozim.
  • Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Tojikiston fuqarosi/rezidenti bo‘lish kerak.
  • Nomzod o‘zi qatnashmoqchi boʻlgan tadbir boshlanishidan kamida 30 kun oldin ariza topshirishi lozim.
  • Grantlar faqat Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston yoki Tojikistonda boʻlib oʻtadigan tadbirlar uchun ajratiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2022-yil 31-dekabrgacha onlayn tarzda qabul qilinadi.

Ariza shaklini BU YERDAN yuklab olish mumkin. Ariza rus tilida toʻldirilishi kerak.

Konferensiyaga qabul qilingach, tadbirda ishtirok etish taklifi hamda to‘ldirilgan arizani birgalikda quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim: socialecofund2021@gmail.com  yoki alenakv@gmail.com

Bunda elektraon xabar mavzusiga (Subject) «Программа проездных грантов» deb yozilishi kerak.

Qabul qilingan barcha arizalar ro’yxatga olinadi va safar grantlari bo’yicha ekspert komissiyasi tomonidan ko’rib chiqiladi.

Eslatma: Murojaatlar tadbir maqsadlariga muvofiqligi, arizachidan kutilayotgan natija (stajirovkada, tadbirda qatnashishdan keyin rejalari) va boshqalar kabi mezonlar asosida baholanadi. Jamg’arma rad etilgan arizalar bo’yicha tushuntirish bermaydi va arizalar qaytarilmaydi.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin rasmiy eʼlon va grant qoidalari bilan batafsil tanishib chiqing.

Barcha savollar bo‘yicha dastur koordinatori Alena Rickleton bilan bog’laning:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!