×

Shvetsiya: magistratura uchun 75% grant; joy – 50ta!


Grant

MUHLAT

15.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

2833 marta

Shvetsiyada joylashgan Chalmers University of Technology magistratura kurslari uchun ajratilgan IPOET grant dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Grantlar Chalmers universiteti magistratura kurslariga o’qishga qabul qilingan iqtidorli chet ellik talabalar uchun mo’ljallangan. Grantdan maqsad qobiliyatli va umidli talabalarni moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Yevropa Ittifoqi davlatlari fuqarolari uchun shu hududda o’qish Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Iqtisodiy Hududidan bo’lmagan talabalarga nisbatan moddiy jihatdan ancha yengillashtirilgan. IPOET kabi grant dasturlari esa dunyoning Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan hududlaridan bo’lgan talabalarni qo’llab-quvvatlash uchun maxsus ta’sis etilgan. Ushbu grant 50 nafar talabaga berilishi rejalashtirilgan.

Chalmerd Texnologiya univerisitetidagi barcha magistratura kurslari haqida batafsil ma’lumot bu yerda.

Grant kimlar uchun?

Shvetsiya: magistratura uchun 75% grant; joy – 50ta!

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

IPOET grantini yutib olgan talabaga magistratura kursi konktrakt to’lovining 75% qismi to’lab beriladi. Agar talaba a’lo baholarga o’qisa, keyingi yili kotrakt puli uchun chegirma 85%ga chiqariladi. Kurslar 2 yil davom etadi.

Talablar:

Grantlar Chalmers universiteti magistratura kursiga ilk bor qabul qilingan, Yevropa Ittifoqi va Yevropa Iqtisodiy hududi tarkibiga kirmaydigan davlat fuqarolariga beriladi. Magistratura kurslariga qabul talablari turli kurslarda turlicha, shuning uchun o’zingiz tanlagan kurs ma’lumotlari bilan tanishib chiqishingiz maslahat beriladi. Umumiy talablar esa quyidagicha:

  1. Nomzod bakalavr diplomiga ega bo’lishi yoki bakalavr bosqichini tez kunda tamolab, chiplom olish arafasida bo’lishi zarur.
  2. Nomzodning bakalavriat kursi yo’nalishi texnologiya, fan, muhandislik yoki arxitektura yo’nalishlariga oid bo’lishi kerak. faqa Biznes va Tadbirkorlik yo’nalishidagi masgitratura kurslari bundan istisno, chunki bu kurslarga barcha sohalar bitiruvchilari qabul qilinishi mumkin.
  3. Nomzod magistratura darajasiga ega bo’lmasligi kerak.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Nomzodlardan kamida IELTS 6.5 yoki TOEFL IBT 90 (PBT 575) talab qilinadi. Batafsil
  5. Nomzodlar bakalavr kursida kamida 70% natija ko’rsatgan bo’lishlari zarur (buni qabul bo’limi o’zi baholarga qarab hisoblab chiqadi).

Dasturga qabul jarayoni:

IPOET grantiga hujjat topshirish uchun nomzod avval Chalmers universiteti magistratura kurslaridan biriga hujjat topshirishi kerak. magistratura kurslariga hujjatlar 2019-yil 15-yanvarga qadar qabul qilinadi. Hujjat topshirishda kerakli hujjatlar:

  1. Bakalavr diplomi va baholari (qaysi fanlar qancha o’tilgani ham yozilishi kerak).
  2. Ingliz tili testi natijasi.
  3. Passport nusxasi.
  4. Loyiha (project portfolio) – bu faqat Urban Design and Architecture va shu kabi magistratura kursi uchun topshiriladi.
  5. Motivatsion xat.
  6. Ish tajribasi haqida hujjat (ixtiyoriy).
  7. GPA sertifikati (ixtiyoriy). Hujjatlar haqida batafsil qo’shimcha ma’lumot

Kursga hujjat topshirgach, grantga ariza berish jarayoni boshlanadi. Grant ariza berish uchun avval tizimda ro’yxatdan o’tib, grant arizasining onlayn havolasi so’raladi. Har bir nomzod hujjat topshirganda taqdim etilgan elektron manzili orqali ro’yxatdna o’tgach, unga grant arizasini qanday olish mumkinligi haqida yo’riqnoma jo’natiladi.

Ma’lumot uchun savol-javoblarni ko’rib chiqishinigiz yoki +46 (0)31-772 10 00 raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!