×

Shvetsiya: Uppsala universitetining magistratura dasturlarida o’qish uchun 100% lik grant!


Grant

MUHLAT

15.01.2025

QOLGAN VAQT

41 kun

HUDUD

Shvetsiya

O'QILGAN

15071 marta

Shvetsiyada joylashgan Uppsala universiteti Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududiga kirmaydigan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga magistraturada oʻqish uchun Uppsala University Global Scholarship grantini taklif qiladi. Ushbu grantlar 2025-yilning kuzidan oʻqishni boshlash uchun taqdim etiladi. Nomzod Uppsala universitetida mavjud bo’lgan magistrlik dasturlaridan istalgan birini tanlashi mumkin.

Maʼlumot uchun: Uppsala universiteti dunyoning eng nufuzli oliygohlaridan biridir. Jumladan, 2024-yil oktabr oyi holatiga koʻra, ushbu universitet dunyoning eng kuchli oliygohlari roʻyxatida 103-oʻrinni egallab turibdi (QS reytingi boʻyicha).

Grant kimlar uchun?

Magistraturada o'qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bu grantni qoʻlga kiritgan talabalar kontrakt summasini toʻlashdan toʻliq ozod qilinadi.

Yashash, safar va boshqa xarajatlar qoplanmaydi.

Talablar:

Nomzod quyidagi shartlarga mos bo’lishi kerak:

  • Nomzod Yevropa Ittifoqi va Yevropa iqtisodiy hududiga a’zo bo’lmagan davlatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (O’zbekistonliklar topshira oladi).
  • Nomzod akademik jihatdan iqtidorli bo’lishi va ta’lim muhitida boʻlishga qiziqishi kerak.
  • Ushbu grantlar faqatgina Uppsala universitetidagi magistrlik dasturini birinchi raqamli tanlov sifatida belgilaganlar uchun taqdim etilishi mumkin (qabul vaqtida 4 tagcha magistrlik dasturiga ariza topshirish mumkin va ular ustuvorlik boʻyicha ketma-ket koʻrsatiladi).
  • Nomzod o’zi tanlagan magistrlik dasturining qabul talablariga mos bo’lishi kerak.
  • Qabul muhlati tugamasidan oldin magistrlik dasturiga ariza topshrish lozim. Ariza topshirish toʻlovi va barcha hujjatlarni topshirish dedlaynga qadar amalga oshirilishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Magistrlik dasturiga qarab, IELTS 6.5 yoki IELTS 7 (yoki shunga teng boshqa xalqaro sertifikat) talab etiladi.
  • Grantlar faqat universitet kampusida (oflayn) oʻqish uchun taqdim etiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Magistrlik dasturlariga arizalar Oʻzbekiston vaqti 2024-yil 15-oktabrdan 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Nomzod ushbu grantga ariza topshirishi uchun dastlab www.universityadmissions.se veb-sayti orqali Uppsala universiteti magistrlik dasturlaridan biriga hujjat topshirishi kerak. Uppsala universiteti grantlarini qoʻlga kiritish uchun ushbu universitetdagi magistrlik dasturi birinchi raqamli tanlov sifatida belgilanishi kerak. Magistratura dasturlariga arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi.

Magistraturaga ariza topshirish jarayoni va tartibi bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Grant uchun ariza topshirish muhlati esa magistrlik dasturiga arza topshrish muhlatidan farq qiladi. Grantlar uchun arizalar 2025-yil 16-yanvardan 3-fevralgacha qabul qilinadi. Grant uchun onlayn ariza shakli faqat shu muddat oraligʻida ochiladi va uni toʻldirib, topshrish kerak boʻladi.

Grantga ariza topshirish jarayoni haqida BU YERDA batafsil tanishish mumkin.

MUHIM: Ariza topshirishga kirishishdan oldin grantlar haqidagi rasmiy eʼlon bilan batafsil tanishib chiqing.

Grantlar boʻyicha savollar yuzasidan  tuitiongrants@uu.se elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!