Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tadigan Yenching global simpoziumiga (YGS) arizalar qabul qilinmoqda. Simpozium 2026-yilning 16-19-aprel kunlari Pekinda shahrida o’tkaziladi.
2026-yilgi simpozium mavzusi: Harnessing Momentum: The Power to Act in a Changing World.
Ushbu simpzium mavzu yuzasidan Xitoy va butun dunyoga oid muammolar boʻyicha dialog shaklida oʻtkaziladi. Simpozium ingliz tilida boʻlib oʻtadi.
Kuchli yetakchilik potensialiga ega hamda Xitoy va yilning boshqa mavzulari boʻyicha masalalar yuzasidan muhokama, maʼruzalar hamda interaktiv seanslarda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar ushbu tadbirda qatnashish uchun ariza berishi mumkin.
Simpozium toʻliq oflayn formatda va Pekindagi Yenching akademiyasida boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun jami 100 nafar ishtirokchi (delegat) saralab olinadi.
Grant kimlar uchun?
Bakalavr diplomiga ega ko’ngillilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Qabul qilinganlar quyidagi moliyaviy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:
- Xitoyga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
- Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
- Ichki transport xarajatlari qoplanadi.
Viza xarajatlarini nomzodning oʻzi qoplashi kerak (tashkilotchilar qoplab bermaydi).
MUHIM: Bu dasturga ariza topshirish va qatnashish bepul. Agar qaysidir shaxs, tashkilot yoki platforma ariza topshirish uchun toʻlov qilishni soʻrasa, bu firibgarlikdir.
Talablar:
Nozmodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- 1995-yil may oyidan keyin tugʻilgan boʻlish kerak.
- 2026-yil 16-19-aprel kunlari simpoziumning barcha tadbirlarida ishtirok etishi lozim.
- Nomzod ariza topshirish vaqtida istalgan soha boʻyicha bakalavriat bosqichining oxirgi bosqichida oʻqiyotgan boʻlishi yoki bakalavrlik darajasiga (diplomiga) ega boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (kamida IELTS 7/TOEFL iBT 100/Cambridge 180/CEFR C1 sertifikatini taqdim qilish talab etiladi).
- Bundan avval biror marta Yenching global simpozium yoki Yenching ijtimoiy innovatsiyalar forumiga qatnashmagan boʻlish kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
2026-yilgi Yenching global simpoziumiga arizalar 2 raundda qabul qilinadi:
- 1-raund (vaqtli qabul) uchun arizalar 2025-yil 22-dekabrgacha
- 2-raund (odatiy qabul) uchun arizalar 2026-yil 5-yanvargacha qabul qilinadi.
Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi.
Onlayn arizani toʻldirishda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish, CV va xalqaro ingliz tili sertifikatini yuklash, tegishli savol boʻyicha shaxsiy fikr aks etgan videoni (koʻpi bilan 1 daqiqa0 yuklash hamda insho savollariga javob yozish talab etiladi. Insho va video uchun savollar bilan BU YERDA tanishing.
Simpziumga qabul qilinganlarga taxminan 2026-yil mart oyi boshlarida alohida xabar qilinadi.
Savollar yuzasidan BU YERDAGI kontaktlarga murojaat qilishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun delegates@yenchingsymposium.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.




