×

Yenching Global Simposium: Xitoyda barcha xarajatlari qoplanadigan xalqaro simpozium!


Grant

MUHLAT

31.01.2024

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

14106 marta

Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tadigan Yenching global simpoziumiga (YGS) arizalar qabul qilinmoqda. Simpozium 2024-yilning 11-14-aprel kunlari Pekinda shahrida o’tkaziladi.

2024-yilgi simpozium mavzusi: Equilibrium: Our World in Balance (Muvozanat: bizning dunyomiz muvozanatda).

Mavzu izohi: Bugungi dunyo dinamik va doimiy oʻzgaruvchan kuchlar oʻrtasida va nozik muvozanatda mavjuddir. Iqlim o’zgarishi insoniyat jamiyati uchun nihoyatda ulkan xavf tugʻdiradi, shu bilan birga bizga barqaror va inkluziv kelajak haqida oʻylash imkoniyatini beradi. Sunʼiy intellekt kabi texnologik innovatsiyalar iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishni kuchaytirishi mumkin, shu bilan birga ular boshqaruv va ijtimoiy hamjihatlik sohalarida qiyinchiliklar tugʻdiradi. Jamiyatlarning zamonaviy muammolarga qanday munosabatda boʻlishi koʻp jihatdan mahalliy madaniy, iqtisodiy va siyosiy kontekstlarga bogʻliq. Texnologiya, tabiiy dunyo va insoniyat madaniyatidagi oʻzgarishlarni hisobga olgan holda muvozanatni topish XXI asrda umumiy farovonlikka erishishning kalitidir.

2024-yilgi simpozium yuqoridagi mavzuni quyidagi 3 ta oʻlcham boʻyicha hamkorlik imkoniyatlarini tadqiq qiladi:

  • Texnologiya va madaniyat: inkluziv innovatsiya targʻiboti
  • Tabiat va texnologiya: muhandislikka oid barqaror rivojlanish yechimlari
  • Madaniyat va tabiat: betartib vaqtlarda birgalikda hayot kechirish

Simpozium ingliz tilida boʻlib oʻtadi.

Kuchli yetakchilik potensialiga ega hamda Xitoy va yilning boshqa mavzulari boʻyicha masalalar yuzasidan muhokamalarda ishtirok etishni xohlagan nomzodlar ushbu tadbirda qatnashish uchun ariza berishi mumkin.

Simpozium toʻliq oflayn formatda va Pekindagi Yenching akademiyasida boʻlib oʻtadi. Ishtirok etish uchun jami 100 nafar ishtirokchi (delegat) saralab olinadi.

Grant kimlar uchun?

Bakalavr diplomiga ega ko’ngillilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Qabul qilinganlar quyidagi moliyaviy imtiyozlar bilan taʼminlanadi:

  • Xitoyga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
  • Turarjoy va oziq-ovqat xarajatlari qoplanadi.
  • Ichki transport xarajatlari qoplanadi.

Viza xarajatlarini nomzodning oʻzi qoplashi kerak (tashkilotchilar qoplab bermaydi).

MUHIM: Bu dasturga ariza topshirish va qatnashish bepul. Agar qaysidir shaxs, tashkilot yoki platforma ariza topshirish uchun toʻlov qilishni soʻrasa, bu firibgarlikdir.

Talablar:

Nozmodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Ariza topshirish vaqtida istalgan soha boʻyicha kamida bakalavriatning oxirgi kursida oʻqiyotgan yoki bakalavrlik diplomiga ega bo’lish kerak.
  2. 1993-yil 11-apreldan keyin tugʻilgan boʻlish kerak.
  3. 2024-yil 11-14-aprel kunlari simpoziumning barcha tadbirlarida ishtirok etishi lozim.
  4. Ingliz tilini yaxshi bilishi kerak (kamida IELTS 7/TOEFL 100/Cambridge 180/CEFR C1).
  5. Bundan avval biror marta Yenching global simpozium yoki Yenching ijtimoiy innovatsiyalar forumiga qatnashmagan boʻlish kerak.
  6. Xitoyga kuchli qiziqish kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

2024-yilgi Yenching global simpoziumiga arizalar Oʻzbekiston vaqti bilan 2023-yil 31-yanvar, soat 20:59 ga qadar qabul qilinadi.

Arizalar BU YERDA onlayn tarzda topshiriladi.

Onlayn arizani toʻldirishda shaxsiy maʼlumotlarni kiritish, CV yuklash va insho savollariga javob yozish talab etiladi.

Ariza topshirish boʻyicha maslahatlar:

  1. Insho savollariga javoblar har bir savol uchun javob 300 soʻzdan oshmasligi kerak.
  2. Insho savollariga javoblaringizni avval word faylga yozib, saqlab oling. Onlayn ariza toʻldirilayotganda kiritilgan maʼlumotlar saqlanmaydi, shu sababli, toʻliq toʻldirmay, arizadan chiqib ketsangiz, keyinroq kirganda hamma kiritilgan maʼlumotlar oʻchib ketgan boʻladi.
  3. Toʻliq boʻlmagan va/yoki qabul muddatidan keyin topshirilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.
  4. Agar ona tlingiz ingliz tili boʻlmasa yoki yuqori maktab (kollej/litsey)da yoki universitetda oʻqiganingizda asosiy taʼlim berish tili ingliz tili boʻlmagan boʻlsa, ingliz tili boʻyicha xalqaro til sertifikati topshirishingiz kerak (kamida IELTS 7/TOEFL 100/Cambridge 180/CEFR C1). Til sertifikatini rasmini joylash yetarli.
  5. Ariza toʻldirishdan oldin koʻp beriladigan savollarga javoblarni toʻliq oʻqib chiqing.

Simpziumga qabul qilinganlarga 2024-yil mart oyi boshlarida alohida xabar qilinadi.

Savollar yuzasidan delegates@yenchingglobalsymposium.com elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun delegates@yenchingsymposium.org elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!