Harvard University
Harvard University Amerikada joylashgan dunyoning eng yirik, qadimgi va nufuzli universitetlaridan biri. 1636-yilda Jon Garvard tomonidan asos solingan. Universitet deyarli barcha sohalar, jumladan, tibbiyot boʻyicha ham eng yetuk mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet Webometrics 2018 reytingida 1-oʻrin, QS World University Rankings 2018 boʻyicha 3-oʻrin, World University Ranking 2018-2019 roʻyxatida 6-oʻrinni egallagan.
Oliygoh haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
Harvard University tarkibidagi tibbiyot oliygohlari:
- Harvard Medical School;
- Harvard School of Dental Medicine;
- Harvard T.H. Chan School of Public Health.
Qancha?
Chet ellik talaba Harvard Universityning tibbiyot oliygohlarida bir yillik kontrakt summasi yo’nalishlariga qarab 43 524 (qirq uch ming besh yuz yigirma to’rt) AQSh dollaridan 92 620 (to’qson ikki ming olti yuz yigirma) AQSh dollarigacha bo’lishi mumkin (2018-yilning 28-noyabr holatiga koʻra). Shuningdek, universitet yuqori natija bilan oʻqishga qabul qilingan va yillik daromadi 65 ming AQSh dollardan kam boʻlgan talabalarning ta’lim olish, ovqatlanish va yashash uchun barcha xarajatlarini toʻliq qoplaydi. Ma’lumotlarga koʻra, oliygohning 20% talabalari aynan shunday moliyaviy yordam asosida tahsil oladi.
*Toʻliq ma’lumot: SHU YERDA.
Hujjatlar, kirish imtihonlari va dedlayn
*Harvard Medical School misolida
1. Hujjat topshirishdan oldin barcha bosqichlar dasturlari bilan tanishing:
2. Hujjat topshirish Amerika tibbiyot kolleji xizmati (AMCAS) orqali amalga oshiriladi. Ariza uchun 100 AQSH dollari toʻlanadi;
3. Oʻquv dasturlari bilan tanishish: SHU YERDA;
Dedlayn: Hujjatlarni qabul qilish, odatda, har yilning may oyidan oktyabr oyi oʻrtalarigacha davom etadi. Bu yilgi muddat 2018-yil 15-oktyabrda tugagan. Qabul jarayoni haqida batafsil: SHU YERDA.
Kirish imtihonlari. Talabgorlar ingliz tilini oʻqish uchun yetarli darajada bilishlari lozim (TOEFL sertifikatiga ega bo’lish majburiy talab emas, lekin bo’lsa, yaxshi). Nomzodlar quyidagilar asosida saralanadi:
- Academic records/ baholar;
- Applicant essay(s)/ esse;
- MCATscores/MCAT imtihoni natijalari;
- Letters of evaluation/tavsiyanomalar;
- Extracurricular activities/ darsdan tashqari faoliyat;
- Summer occupations/ yozgi darslar;
- Life experiences/ hayotiy tajriba;
- Experience in the health field, including research or community work/sogʻliqni saqlash, shuningdek, ijtimoiy ish sohasida tajriba;
- Suhbat.
Imtihon uchun qabul qilingan talablar: SHU YERDA.
Savollar boʻyicha murojaat uchun: Harvard Medical School, Office of the Committee on Admissions, Gordon Hall, Room 306; manzil: 25 Shattuck Street, Boston, MA 02115; telefon: 617-432-1550; e-manzil: admissions_office@hms.harvard.edu, meded.hms.harvard.edu/admissions.
*Harvard Medical Schoolga hujjat topshirish uchun chet ellik talabgor kamida 3 yillik bakalavr darajasiga ega boʻlishi shart. Toʻliq: SHU YERDA tanishing.
*Imtihonlarni universitet tibbiyot yoʻnalishidan tanlagan dastur boʻyicha aniqlashtiring.
Stipendiya bormi?
Universitet tibbiyot yoʻnalishlariga ajratiladigan stipendiya va imtiyozlar:
- Harvard universiteti moddiy yordami, agar talaba (ota-onasining daromadi)ning yillik daromadi 50 ming AQSH dollaridan kam boʻlsa, talabaga moddiy yordam koʻrsatiladi;
- Agarda oʻqishga yuqori koʻrsatkich bilan qabul qilingan va ota-onasi yillik daromadi 65 ming AQSH dollaridan kam bo’lsa, talabaning barcha oʻqish va yashash xarajatlarini universitet toʻliq qoplaydi;
- Award Cases. Talabaga butun taʼlim olish mobaynida taxminan 150 ming AQSH dollari mablagʻ ajratadi;
- HMS Scholarships;
- General Restricted Scholarships;
- Yellow Ribbon Program;
- Joseph Collins Foundation Scholarship;
- National Medical Fellowships (NMF)
- Edward Hebert Armed Forces Health Professions Scholarship Program (AFHPSP);
- The National Health Service Corps Scholarship Program;
- The International Education Financial Aid Organization tomonidan taqdim etiladigan stipendiyalar.
Savollar boʻyicha murojaat uchun: Harvard Medical School, Financial Aid Office, Gordon Hall, Room 211; manzil: 25 Shattuck Street, Boston, MA 02115; telefon: 617-432-0449; faks: 617-432-4308; e-manzil: financial_aid@hms.harvard.edu.
Yashash xarajatlari va viza
Garvardda oʻqiyotgan talaba oziq-ovqat, oʻquv anjomlari va boshqa xarajatlar, transport, uyali aloqa va internet, madaniyat, sport, turarjoy va hk. uchun oyiga taxminan 1300-2000 AQSH dollari sarflaydi.
Viza xarajatlari. Imtihon topshirish va oʻqish davrida yashash uchun talabalik vizasini rasmiylashtirish lozim. Buning uchun Oʻzbekistondagi Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasiga murojaat qilish kerak. Manzil: Toshkent shahri 100093, Moyqoʻrgʻon koʻchasi 3-uy; Rasmiy sayt: https://uz.usembassy.gov/uz; Telefon: (+99871) 120 54 50.
Amerika Qoʻshma Shtatlarida oʻqish uchun talabalik vizasi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.
*Maʼlumotlar 2018 yil uchun taxminan berilgan, muddat va valyuta kursiga qarab oʻzgarishi mumkin.