Germaniyada joylashgan ifo Institute tadqiqot tashkilotining Roland-Berger-Scholarship grant dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Ushbu grant dasturi yosh iqtisodchilar uchun hamkorlik dasturi bo’lib, dastur tarkibiga PhD kursi, tadqiqot va mahsus treninglar kiradi. Dasturga qabul qilingan talabalar uch yil davomida Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan Ludwig-Maximilians-Universität Munich (LMU) universiteti Iqtisodiyot fakultetidagi iqtisodiyot doktorantura kurslaridan biriga qabul qilinadi (Oliver Falck boshchiligidagi kurs). O’qish davomida talaba mahsus tayyorlov kurslarida qatnashadi hamda iqtisodiy tahlil va tadqiqot olib boradi. Ifo Institute esa bu davrda uni moddiy jihatdan ta’minlab turadi.
Grant kimlar uchun?
Doktoranturada o’qishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant dasturi LMU va ifo Institute hamkorligida tashkil qilingan. Bunda Ifo institute grantni moliyalashtirib beradi, universitet esa talabaning PhD kursida o’qishini ta’minlab beradi. Tadqiqotlar esa Ifo Institute bilan birga amalga oshiriladi. Bunda Talaba 3 yil davomida har oy 1900 yevro miqdorida stipendiya olib turadi.
Talablar:
Roland-Berger grantlarini quyidagi talablarga eng mos nozmodlarga beriladi:
- Nomzod magistratura kursini tamomlagan yoki tamomlayotgan bo’lishi hamda baholari yaxshi yoki a’lo bo’lishi kerak.
- Nomzod o’qigan magistratura kursi iqtisodiyot yo’nalishida bo’lgan bo’lishi shart. Agar magistratura 2 yillik kurs bo’lgan bo’lsa yanada yaxshi.
- Nomzod ampirik sanoat iqtisodiyoti, iqtisodiyot nazariyasi va sohaning boshqa muhim asosiy tushunchalari haqida kuchli bilimga ega bo’lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
- Nomzod nemis tilida ham muloqot qila olishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Roland-Berger grantiga arizalar pochta va elektron pochta orqali 2019-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Hujjatlarni elektron pochta orqali jo’natish maqsadga muvofiq. Elektron pochta orqali ariza berishda recruiting@ifo.de elektron manziliga kerakli hujjatlarni PDF formatda yagona fayl sifatida yuklash kerak.
Pochta orqali ariza topshirishda hujjatlar bu manzilga yuborilishi zarur:
ifo Institute – Leibniz-Institute for Economic Research at the Univrsity of Munich
Poschingerstr. 5
81679 München
Kerakli hujjatlar:
- CV.
- Biriktirilgan xat (cover letter).
- Diplomlar va baholar.
Hujjat topshirishda 2018-020 INT-DOK kodidan foydalanish kerak (kodni ariza materiallarida ko’rsatish zarur).
Ma’lumot uchun recruiting@ifo.de elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.