×

Fransiya: Barcha xarajatlari qoplanadigan tadqiqot dasturi


Grant

MUHLAT

16.01.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Fransiya

O'QILGAN

2038 marta

Fransiyada joylashgan Bordeaux Universiteti tadqiqot sohasidagi yetakchi tashkilotlardan biri hisoblanadi. Shu universitet tomonidan tashkil etilgan EdEx Bordeaux postdoktor tadqiqot grantiga arizalar qabul qilinmoqda. Dasturda ishtirok etayotgan qatnashchilar Bordeaux labaratoriyalaridan birida tadqiqot olib borishi mumkin bo’ladi va unga shu tadqiqot uchun moddiy ta’minot beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD darajasiga ega tadqiqotchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Bordeaux tadqiqot grantini yutib olgan nomzod bilan uzog’i bilan 2 yil muddatga tadqiqot shartnomasi tuziladi va unga tadqiqot davomida ketadigan asosiy xarajatlarning barchasi qoplab beriladi.

Talablar:

Quyidagi talablarga eng mos nomzodlar dasturga qabul qilinadi:

  1. Nomzod doktorantura kursini tamomlagan va fan doktori diplomiga ega bo’lishi zarur. Nomzod doktorantlik darajasini olganiga 4 yildan oshmagan bo’lishi kerak.
  2. Nomzod Bordeaux grant yoki tadqiqot dasturlarida ilgari qatnashmagan bo’lishi kerak.
  3. Nomzod labaratoriyada olib boriladigan tadqiqot rejasiga ega bo’lishi va u shug’ullanishni reja qilayotgan tadqiqot muddati 2 yildan ortiq muddatga mo’ljallangan bo’lishi mumkin emas.
  4. Nomzod Fransiyadagi mahalliy labaratoriya va mahalliy ilmiy tadqiqotchi bilan tadqiqot uchun kelishuvga erishgan bo’lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Dasturga hujjat topshirishdan oldin nomzod Fransiyada joylashgan tadqiqot tashkiloti yoki labaratoriyasi bilan bog’lanib, ulardan shu yerda tadqiqot olib borish uchun ruhsat olishi va kelishib olishi kerak. Keyin esa Fransiyada tadqiqot vaqtida unga yordam beruvchi mahalliy ilmiy rahbar topishi kerak. Undan so’ng barcha kerakli hujjatlarni to’plab, onlayn ariza topshirish zarur.

Ariza topshirish uchun avval tizimda ro’yxatdan o’tish, keyin ochilgan akkauntga kirib ariza to’ldirish kerak. Kerakli hujjatlar:

  1. Loyiha taklifi (Project Proposal) – bu hujjatda nomzod olib bormoqchi bo’lgan tadqiqot qisqacha yoritib berilishi kerak.
  2. Ethical Issues Document”.
  3. CV ning hajmi 2 sahifadan oshmasligi va unga ikkita tavsiya beruvchi haqida ma’lumot berilishi zarur.
  4. Nomzod erishgan yutuqlar ro’yxati (nashrlar, yutuqlar, patentlar va shu kabilar).
  5. Biriktirilgan xat (Cover Letter).
  6. Nomzod tadqiqot olib borishi kelishilgan labaratoriya boshqaruvchisidan tasdiqlov xati.
  7. Nomzodning tadqiqotiga ilmiy rahbarlik qiluvchi mutaxassisdan tasdiqlovchi xat.
  8. CV’da ko’rsatilgan tavsiya beruvchilardan ikkita tavsiyanoma.
  9. Nomzodning PhD darajasiga ega ekanini isbotlovchi hujjat.

Nomzodlar erishgan yutuqlari, tajribalari, tadqiqot imkoniyatlari, tadqiqot g’oyalarining ilmiy sifati, ilmiy innovativligi hamda tuzilishiga asosan saralanadilar.

Dasturga ariza berishdan oldin Dastur Nizomi bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi. 2013-2016-yillarda grant berilgan loyihalar bilan tanishib chiqish uchun bu yerga bosing. Ma’lumot uchun 05 40 00 67 82 raqami yoki recruitment@u-bordeaux.fr elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!