CZECHDESIGN.CZ tashkiloti tomonidan o’tkaziladigan Model Young Package xalqaro tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Tanlovda dunyoning turli hududlaridan bo’lgan iqtidorli yosh dizaynerlar turli xildagi mahsulotlar uchun ishlanadigan qadoqlar dizaynlari bilan ishtirok etadilar. Tanlov ilk marta 1996-yilda Chexiyada o’tkazilgan. Tanlov orqali Model Young Package tanlovi orqali umidli dizaynerlar va iqtidorli yoshlarni rag’batlantirish va ularning ishlarini dunyoga tanitishni maqsad qilingan. Bu yilgi musobaqa mavzusi: “PERSONAL CARE”. Bu yulgi tanlovda shaxsiy gigiyena vositalari haqida “shunday qadoq yaratish kerakki, uni ko’rgan odamning surat olib Instagramga joylagisi kelsin”. Tanlovda ikkita kategoriya bo’yicha ishtirok etish mumkin:
- Umumiy kategoriya.
- Yuqori sinf o’quvchilari kategoriyasi
Saralash o’z nihoyasiga yetgach, taqdirlash marosimi 2020-yil sentabrda Chexiyaning Praga shahrida bo’lib o’tadi.
Grant kimlar uchun?
O'quvchi, talaba va yosh dizaynerlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Young Model Mapckage tanlovi g’oliblari pul mukofoti bilan taqdirlanadilar:
Umumiy kategoriya bo’yicha:
1- o’rin sohibiga – 2 000 yevro;
2- o’rin sohibiga – 1 200 yevro;
3- o’rin sohibiga – 800 yevro.
Yuqori sinf o’quvchilari kategoriyasi bo’yicha:
1- O’rin sohibiga – 1 200 yevro;
2- O’rin sohibiga – 800 yevro;
3- O’rin sohibiga – 400 yevro.
Tanlov so’nggida eng faol qatnashchilarga maxsus sovrinlar ham topshiriladi.
Talablar:
- Umumiy kategoriya bo’yicha barcha yoshdagi dizaynerlar va oliygoh talabalari ishtirok etishlari mumkin.
- Yuqori sinf o’quvchilari kategoriyasi bo’yicha maktabning yuqori sinflari, litsey va kollej o’quvchilari ishtirok etishlari mumkin.
- Tanlovga yuborilgan dizaynlar 1:1 o’lchov shkalasida bo’lishi va dizaynning g’oyasini to’liq yetkazishi kerak. Masalan, agar dizayner o’ylagan qadoq ma’lum tarzda ochilishi yoki yopilishi kerak bo’lsa, tanlovga yuborilgan maket ham to’liq ochilib-yopilishi kerak, ya’ni maket iloji boricha g’oyani ochib berishi zarur. Bunda dizayner yaratgan haqiqiy qadoq g’oyasi bilan bir xil maket tayyorlanishi kerak. Qadoqlar (qutilar va hkz.) keyinchalik ko’rgazmalarga qo’yilishi mumkin, buni hisobga olgan holda maketlar sifatli va puxta tayyorlanishi zarur.
- Tanlovga taqdim etiladigan maketlar poligrafiyada ishlov berish mumkin bo’lgan karton va shu kabi materiallardan tayyorlanishi kerak. bu haqda batafsil bu yerda
Dasturga qabul jarayoni:
Tanlovda ishtirok etish uchun:
- Tanlov uchun onlayn ro’yhatdan o’tish Bunda qatnashchining elektron pochtasiga mahsus kod jo’natiladi.
- Qatnashchi tayyorlangan qadoq maketini bukilmaydigan, ezilmaydigan va zararlanmaydigan qilib xavfsiz qutiga solgan holda pochta orqali quyidagi manzilga yuborishi kerak:
CZECHDESIGN, Vojtěšská 3, 110 00, Prague 1, Czech Republic
Maket yuborilayotganda elektron pochta orqali olingan kod maketning o’ziga (dizaynni iloji boricha buzmaydigan usulda) va maket solingan qutining ustiga yozilishi kerak. Tanlovga maket va koddan boshqa hech narsa jo’natish shart emas. Tanlovga arizalar 2020-yil 11-mayga qadar qabul qilinadi. Ko’rsatilgan manzilga 11-maydan kech yetkazilgan ishlar qabul qilinmaydi, shuning uchun pochta xizmatining tezligini ham hisobga olgan holda qadoq maketlari ertaroq jo’natilishi kerak.
Ma’lumot uchun: Michaela Holubec Birtusovága michaela.birtusova@czechdesign.cz manzili yoki +420 773 541 673 telefon raqami orqali murojaat qiling.