The Thomson Reuters Journalism Fellowship amaliyot dasturi har yili Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida 3 oydan 6 oygacha jurnalistlarning tajriba almashishi, turli tadqiqot dasturlarida ishtirok etishlari uchun tashkil etilgan.
Grant kimlar uchun?
Jurnalistlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi: Ishtirokchilar amaliyot dasturi muddati tugagunga qadar har oyda 1 500 funt-sterling stipendiya oladilar va quyidagi jarayonlarda ishtirok etadilar:
- Dastur tomonidan 3-6 oy davomida barcha xarajatlar qoplanadi.
- Yuqorida doiradagi spikerlarning seminarlarida qatnashadilar va zamonaviy tendensiyalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildiradilar.
- Tadqiqot ishini tayyorlash va taqdim etish davomida tajribali rahbar bilan ishlaydilar.
- Thomson Reuters, The Financial Times, The BBC, The Economist and The Guardian kabi nufuzli xalqaro yangiliklar tashkilotlariga boradilar.
- Buyuk Britaniyaning Oxfam, the House of Commons i Stratford-upon-Avon, Shekspirning uy-muzeyi kabi diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladilar.
- Boshqa jurnalistlar bilan fikr va tajriba almashadilar.
- Oksfordning axborot-resurlari, shuningdek, kutubxonasi bilan tanishadilar.
- Green Templeton Colledgening taklif etilgan olimi statusini qoʻlga kiritadilar.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Nomzod jurnalistika sohasida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak. Ayrim hollarda kamroq ishlagan talabgorlar ham qabul qilinishi mumkin.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi;
- Jurnalistikaning aynan aniq bir yoʻnalishini tadqiq qiluvchi talabgorga koʻproq imkoniyat beriladi.
Nomzodlar ish tajribasi, kasbiy kompetentligi, yangiliklarga qiziqishi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 11-fevralga qadar qabul qilinadi.
- Onlayn-ariza blanki. Blank: SHU YERDA.
- Rezyume.
- Nomzodning ishi, faoliyat sohasi hamda amaliyot dasturiga qanday hissa qoʻsha olishi haqida izoh (500 ta soʻzgacha).
- Tadqiqot ishi haqida maʼlumot (1000 ta soʻzgacha).
- Ish beruvchi tomonidan tavsiyanoma.
- Avval ishlagan joyidan tavsiyanoma.
- Ishlaridan namunalar.
*Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi. Grant haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.
Bogʻlanish va qoʻshicha maʼlumot uchun: University of Oxford 13 Norham Gardens Oxford, OX2 6PS United Kingdom
Telefon: +44 (0)1865 611080
Elektron pochta: reuters.institute@politics.ox.ac.uk