×

Jurnalistlar uchun Oksford universitetida barcha xarajatlar qoplanadigan amaliyot dasturi!


Grant

MUHLAT

11.02.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1653 marta

The Thomson Reuters Journalism Fellowship amaliyot dasturi har yili Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida 3 oydan 6 oygacha jurnalistlarning tajriba almashishi, turli tadqiqot dasturlarida ishtirok etishlari uchun tashkil etilgan.

Grant kimlar uchun?

Jurnalistlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi: Ishtirokchilar amaliyot dasturi muddati tugagunga qadar har oyda 1 500 funt-sterling stipendiya oladilar va quyidagi jarayonlarda ishtirok etadilar:

  1. Dastur tomonidan 3-6 oy davomida barcha xarajatlar qoplanadi.
  2. Yuqorida doiradagi spikerlarning seminarlarida qatnashadilar va zamonaviy tendensiyalar boʻyicha oʻz fikrlarini bildiradilar.
  3. Tadqiqot ishini tayyorlash va taqdim etish davomida tajribali rahbar bilan ishlaydilar.
  4. Thomson Reuters, The Financial Times, The BBC, The Economist and The Guardian kabi nufuzli xalqaro yangiliklar tashkilotlariga boradilar.
  5. Buyuk Britaniyaning Oxfam, the House of Commons i Stratford-upon-Avon, Shekspirning uy-muzeyi kabi diqqatga sazovor joylariga sayohat qiladilar.
  6. Boshqa jurnalistlar bilan fikr va tajriba almashadilar.
  7. Oksfordning axborot-resurlari, shuningdek, kutubxonasi bilan tanishadilar.
  8. Green Templeton Colledgening taklif etilgan olimi statusini qoʻlga kiritadilar.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Nomzod jurnalistika sohasida 5 yillik tajribaga ega boʻlishi kerak. Ayrim hollarda kamroq ishlagan talabgorlar ham qabul qilinishi mumkin.
  2. Ingliz tilini yaxshi bilishi;
  3. Jurnalistikaning aynan aniq bir yoʻnalishini tadqiq qiluvchi talabgorga koʻproq imkoniyat beriladi.

Nomzodlar ish tajribasi, kasbiy kompetentligi, yangiliklarga qiziqishi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 11-fevralga qadar qabul qilinadi.

  1. Onlayn-ariza blanki. Blank: SHU YERDA.
  2. Rezyume.
  3. Nomzodning ishi, faoliyat sohasi hamda amaliyot dasturiga qanday hissa qoʻsha olishi haqida izoh (500 ta soʻzgacha).
  4. Tadqiqot ishi haqida maʼlumot (1000 ta soʻzgacha).
  5. Ish beruvchi tomonidan tavsiyanoma.
  6. Avval ishlagan joyidan tavsiyanoma.
  7. Ishlaridan namunalar.

*Ushbu talablarga mos nomzodlar saralash jarayoniga qoʻyiladi. Grant haqida batafsil maʼlumot: SHU YERDA.

Bogʻlanish va qoʻshicha maʼlumot uchun: University of Oxford 13 Norham Gardens Oxford, OX2 6PS United Kingdom

Telefon: +44 (0)1865 611080

Elektron pochta: reuters.institute@politics.ox.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!