×

Colin Matheson Scholarship – magistratura uchun to’liq grant hamda oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3312 marta

Buyuk Britaniyaning London shahrida joylashgan Westministr Universiteti o’zining magistratura bosqichidagi talabalariga  Colin Matheson Scholarship grant dasturini taklif qilmoda. Ushbu grant dasturi oliygohda ishlab stipend dasturlari rivojiga kata hissa qo’shgan Colin Matheson sharafiga tashkil etilgan bo’lib, 2019-yil sentabrda boshlanadigan Westminster College of Liberal Arts and Sciencesning magistratura kurslariga qabul qilingan, rivojlanayotgan mamlakatlar ro’yxatiga kiruvchi  mamlakatlardan bo’lgan talabalar uchun mo’ljallangan. Grant dasturidan maqsad favqulodda iqtidorli, yuqori potensialli, lekin moliyaviy imkoniyati cheklangan xorijlik talabalarni rag’batlantirish va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash. Dastur doirasida bir nafar talabaga grant berish rejalashtirilgan.

Nomzodlar ushbu grantni qo’lga uchun Westminster College of Liberal Arts and Sciences’ning quyidagi yo’nalishlaridan biriga hujjat topshirishi kerak:

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichida o’qishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dastur doirasida grant yutib olgan talabalar quyidagicha taqdirlanadilar:

  1. Talabaning kontrakt to’lovi to’liq qoplanadi.
  2. Stipendiant turar joy bilan ta’minlanadi.
  3. G’olibga kundalik harajatlar uchun oylik stipendiya
  4. Talabaning Londonga kelishi va yurtiga qaytishi uchun aviachipta olib beriladi.

Universitetda o’qish uchun sarflanadigan xarajatlar bilan bu yerda batafsil tanishing.

Talablar:

Grantlar quyidagi talablarga eng mos nomzodga beriladi:

  1. Nomzod rivojlanayotgan mamlakatlardan birining fuqarosi bo’lishi kerak (batafsil ma’lumot bu yerda)
  2. Ariza topshirish muddati tugagunga qadar nomzod Westminster College of Liberal Arts and Sciences magistratura kurslaridan biriga o’qishga qabul qilingan bo’lishi /qilinishi kerak.
  3. Nomzod Buyuk Britaniyaning First Class Honours degree darajasiga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo’lishi kerak (bu odatda O’zbekistondagi magistr darajasiga teng bo’ladi). Batafsil ma’lumot bu yerda.
  4. Nomzod o’zida favqulodda kuchli iqtidor va potensial namoyon etishi zarur.
  5. Grant qiyinchiliklarga duch kelgan, o’gir sharoitlarda yashaganiga qaramay muvaffaqqiyatga erishgan, ulkan akademik va professional yutuqlarga ega talabaga beriladi.
  6. Bu moliyaviy ta’minot dasturi bo’lganligi uchun nomzodning boshqa grant dasturlariga hujjat topshirishi mumkin emas.
  7. Nomzod huddi shu grant dasturiga ohirgi 2 yil ichida ariza topshirmagan bo’lishi zarur.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak.
  9. Qisqa qilib aytganda, grantni yutib olish uchun nomzod akademik jihatdan eng sara talaba bo’lishi zarur.

Nomzodlarga qo’yilgan talablar haqida bu yerda batafsil tanishishingiz mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

2019-yilning sentabrida boshlanadigan kurslar uchun grant dasturiga hujjatlarning barchasi shu yilning 31-mayiga qadar topshirilishi kerak. ushbu dastur iqtisodiy ta’minot dasturi bo’lganligi sababli nomzod bir vaqtning o’zida faqat bitta grantga ariza berishi mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. Ariza (ariza shakli yuklab olinadi va boshqa kerakli hujjatlar bilan birga ko’rsatilgan manzilga pochta orqali jo’natiladi). Ariza shaklini to’ldirishda nomzod shaxsiy bayonot, keljakdagi rejalari, moliyaviy ahvoli haqidagi savollarga javob yozishi kerak.
  2. Westminster Universitetiga shartli/shartsiz qabul qilinganlik haqidagi xat nusxasi.
  3. Magistratura bosqichida olingan baholar (ingliz tilidagi tarjimasi bilan).
  4. Tavsiyanoma (grant dasturi uchun mahsus yozilgan bo’lishi kerak).

Hujjatlarga qo’yilgan talablar:

Grant dasturiga topshiriladigan hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi maqsadga muvofiq:

  1. Ariza shakli qo’lda emas, kompyuter orqali to’ldirilgan bo’lishi kerak.
  2. Arizaning hamma bo’limlari to’ldirilgan bo’lishi kerak (to’liq bo’lmagan arizalar qabul qilinmaydi).
  3. Kerakli hujjatlar ro’yxati” dagi barcha hujjatlar taqdim etilishi zarur.
  4. Ro’yxatda so’ralmagan hujjatlarni, hujjatlaringizning original nusxasini jo’natmang.
  5. Arizani to’ldirishda belgilangan so’z miqdoriga e’tibor bering (word limit).
  6. Arizaning grammatik hamda stilistik jihatdan to’g’ri to’ldirilganligiga ahamiyat bering.
  7. Arizani jo’natishdan oldin undan nusxa ko’chirib oling.

Qabul qilingan hujjatlar qaytarilamaydi. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo’lishi va quyidagi manzilga pochta orqali yuborilishi zarur:

Scholarships Office
University of Westminster
Cavendish House
101 New Cavendish Street
London W1W 6XH
United Kingdom

Universitetga kirish uchun talab qilinadigan hujjatlar:

  1. Ariza (tanlangan kursga qarab yuklab olinadi va to’ldiriladi).
  2. Magistrlik diplomi nusxasi.
  3. Baholar (diplom ilovasi).
  4. IELTS 6.5 va undan baland, har bir bo’limdan kamida 5.5ball (ba’zi yo’nalishlarda bundan balandroq ball talab qilinishi mumkin).
  5. Nomzodning tanlagan yo’nalishiga qarab suhbatdan o’tish, partfolio jamlanmasini topshirish yoki boshqa qo’shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin.

Universitetga hujjat topshiruvchilarning soni juda ko’pligini hisobga olgan holda hujjat topshirish faqat pochta orqali amalga oshiriladi. Hujjatlarning o’z vaqtida yetib borishiga nomzodning o’zi javobgar hisoblanadi. Kechikib yetib kelgan hujjatlar ko’rib chiqilmaydi.

Grant haqidagi to’liq ma’lumotni unversitetning rasmiy sayti yoki savol – javoblardan bilib­­­­­­­­­­ olishingiz mumkin. Murojaat uchun:

T: +44 (0)20 7911 5000

E: course-enquiries@westminster.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!