Xuachjun Xitoy Fan va texnologiya universiteti – Huazhong University of Science and Technology (HUST) 2019-2020-yillar uchun «Chinese Government Scholarship – Chinese University Programga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi Xitoyning turli hududlarida joylashgan universitetlarga yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni jalb etishdir.
Shuningdek, HUST 2019-yilga bu grant boʻyicha talabalarni qabul qilish uchun eng salohiyatli universitetlardan biri sifatida tanlangan.
Universitetda oʻqitiladigan yoʻnalishlarda taʼlim asosan xitoy va ingliz tillarida olib boriladi:
- ingliz tilidagi dasturlar.
- xitoy tilidagi dasturlar.
- Tunszi tibbiyot universitetidagi tibbiyot dasturlari.
Grant kimlar uchun?
Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Oʻqish puli toʻliq
- Bepul turar joy bilan taʼminlanadi,.
- Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3000 yuan (431 AQSH dollari), doktorantlarga 3500 yuan (503 AQSh dollari) stipendiya
- Barcha tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlaydi.
Talablar:
Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:
- Xitoylik boʻlmagan, aqliy va jismoniy sogʻlom fuqarolar.
- Nomzod ariza topshirish davrida Xitoy universitetlaridan birining talabasi boʻlmasligi kerak yoki Xitoy oliygohini tamomlaganiga bir yildan oshgan boʻlishi kerak.
- Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi. Doktorantura nomzodi esa 40 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.
*Xitoyning boshqa stipendiyalari sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.
Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:
- HUST belgilangan muddat yakunigacha barcha arizalarni koʻrib chiqadi. Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi hamda boshqa qoʻshimcha mezonlarga koʻra saralanadi.
- Universitetda saralashdan oʻtgan nomzodlarning hujjatlari 2019-yilning may oyida CSCga joʻnatiladi.
- CSC tomonidan nomzodlari tasdiqlangan stipendiatlar HUST tomonidan iyun oyida ogohlantiriladilar.
- Yangi oʻquv yili 2019-yil sentyabrda boshlanadi. Darslar boshlanishining aniq sanasi qabul hujjatida koʻrsatiladi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 31-martga qadar qabul qilinadi.
1-qadam. CSC stipendiya dasturi uchun ariza va hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn-ilova orqali topshiriladi:
- Onlayn-ariza toʻldirish uchun onlayn-ilova tizimiga kiring.
- Registratsiyadan keyin HUST agentligi kodi sifatida Type B ni tanlang va 10487 ni toʻldiring.
- Onlayn-ariza shaklini toʻldiring, joʻnating va amaliy tizimda qogʻoz shaklini chop eting.
- Arizani imzolang va yaqinda olingan fotosuratingizni biriktiring.
2-qadam. HUSTga qabul uchun onlayn-ilova:
Onlayn-ilova ariza shakli va tegishli hujjatlarni yuklash uchun xizmat qiladi.
- Onlayn-ilovada “I am applying for scholarship at HUST” yozuvini bosing va quyida “Hujjatlar tarkibi”da koʻrsatilganlarni ilova qiling.
- Identifikatorga kiring va onlayn-ariza hamda boshqa hujjatlarni yuklang. Dedlayn (2019-yil 15-mart)gacha identifikatordagi hujjatlaringiz istagancha tahrirlashingiz va toʻldirishingiz mumkin. Hujjatlaringiz “NEXT” tugmasini bosib keyingi qadamga oʻtganingizda avtomatik tarzda saqlanadi.
- Yakunlagangizdan keyin “Confirm and Submit”ni bosing. Bundan keyin hujjatlaringizni oʻzgartirib boʻlmaydi.
- Ariza statusini Quick Linksdagi “Status” boʻlimi orqali tekshirishingiz mumkin.
3-qadam. Roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash.
Roʻyxatdan oʻtish uchun quyida koʻrsatilgan rekvizitga 600 yuan (taxminan 84-100 dollar) toʻlash kerak:
Category: International Transfer
Amount: 100 USD
Currency: Foreign Currency
Bank information:
Foreign Exchange Account for International Transfer:
Account Name: Huazhong University of Science and Technology
Account Number: 567757540679
Bank Name: Bank of China, Hubei Branch
Swift Code: BKCHCNBJ600
Address: NO. 1037, LUOYU ROAD, WUHAN, HUBEI PROVINCE, P. R. China
Toʻlovni amalga oshirishning boshqa shakllari bilan SHU YERDA tanishing.
Hujjatlar tarkibi:
- Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan Xitoy hukumat stipendiyasiga ariza (1-qadamda toʻldirgansiz, shuni yuklash kerak).
- Ilmiy daraja diplomi (bakalavr/magistr diplomi).
- Diplom ilovasining yurtimizdagi tegishli Taʼlim vazirligi tomonidan notarial tasdiqlangan nusxasi.
- Oʻqish yoki tadqiqot rejasi.
- Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma.
- Pasport fotonusxasi.
- CV (nashr ishlari roʻyxati, agar mavjud boʻlsa).
- Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika yoʻnalishlari uchun kamida HSK 4, iqtisod, menejment, falsafa, adabiyot, taʼlim va huquq sohalari uchun HSK 5 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi (aks holda 1 yil qoʻshimcha xitoy tili oʻqish kerak boʻladi). Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
- HUST professor/dotsentidan rozilik xati (agar mavjud boʻlsa).
- Tibbiy maʼlumotnomaning notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).
* Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim.
Natijalarning eʼlon qilinishi
Natijalar 2019-yilning iyun oyida eʼlon qilinadi. Stipendiya ajratilganligi haqidagi rasmiy hujjat 2019-yil iyul oyi boshida taqdim etiladi.
Bogʻlanish uchun:
International Student Office(Main Campus)
Director
Mr. Lan Hanghang
Telefon: 0086-27-87793026
E-mail: lanhanghang@hust.edu.cn
HUST: http://english.hust.edu.cn/
CSC: http://www.csc.edu.cn/Laihua/