×

Xitoy: magistratura va doktorantura uchun to’liq grant, bepul turar joy hamda 500 AQSh dollarigacha oylik stipendiya!


Grant

MUHLAT

31.03.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Xitoy

O'QILGAN

3016 marta

Xuachjun Xitoy Fan va texnologiya universiteti – Huazhong University of Science and Technology (HUST) 2019-2020-yillar uchun «Chinese Government Scholarship – Chinese University Programga arizalar qabul qilmoqda. Ushbu stipendiya dasturi ikki-toʻrt yilga moʻljallangan boʻlib, asosiy maqsadi Xitoyning turli hududlarida joylashgan universitetlarga yuqori salohiyatli yosh magistr va doktorantlarni jalb etishdir.

Shuningdek, HUST 2019-yilga bu grant boʻyicha talabalarni qabul qilish uchun eng salohiyatli universitetlardan biri sifatida tanlangan.

Universitetda oʻqitiladigan yoʻnalishlarda taʼlim asosan xitoy va ingliz tillarida olib boriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistratura va doktoranturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga esa quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. Oʻqish puli toʻliq
  2. Bepul turar joy bilan taʼminlanadi,.
  3. Oʻqish tugagunga qadar har oyda magistrlarga 3000 yuan (431 AQSH dollari), doktorantlarga 3500 yuan (503 AQSh dollari) stipendiya
  4. Barcha tibbiy sugʻurta xarajatlarini toʻlaydi.

Talablar:

Stipendiya dasturi uchun nomzodga qoʻyilgan talablar quyidagicha:

  1. Xitoylik boʻlmagan, aqliy va jismoniy sogʻlom fuqarolar.
  2. Nomzod ariza topshirish davrida Xitoy universitetlaridan birining talabasi boʻlmasligi kerak yoki Xitoy oliygohini tamomlaganiga bir yildan oshgan boʻlishi kerak.
  3. Magistraturaga nomzod 35 yoshgacha boʻlishi va bakalavr darajasiga ega boʻlishi. Doktorantura nomzodi esa 40 yoshdan katta va magistr darajasi sohibi boʻlishi kerak.

*Xitoyning boshqa stipendiyalari sohiblari bu dasturda ishtirok eta olmaydilar.

Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida saralanadi:

  1. HUST belgilangan muddat yakunigacha barcha arizalarni koʻrib chiqadi. Nomzodlar akademik yutuqlari, ilmiy salohiyati va layoqatliligi hamda boshqa qoʻshimcha mezonlarga koʻra saralanadi.
  2. Universitetda saralashdan oʻtgan nomzodlarning hujjatlari 2019-yilning may oyida CSCga joʻnatiladi.
  3. CSC tomonidan nomzodlari tasdiqlangan stipendiatlar HUST tomonidan iyun oyida ogohlantiriladilar.
  4. Yangi oʻquv yili 2019-yil sentyabrda boshlanadi. Darslar boshlanishining aniq sanasi qabul hujjatida koʻrsatiladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-martga qadar qabul qilinadi.

1-qadam. CSC stipendiya dasturi uchun ariza va hujjatlar onlayn tarzda qabul qilinadi. Hujjatlar onlayn-ilova orqali topshiriladi:

  • Onlayn-ariza toʻldirish uchun onlayn-ilova tizimiga kiring.
  • Registratsiyadan keyin HUST agentligi kodi sifatida Type B ni tanlang va 10487 ni toʻldiring.
  • Onlayn-ariza shaklini toʻldiring, joʻnating va amaliy tizimda qogʻoz shaklini chop eting.
  • Arizani imzolang va yaqinda olingan fotosuratingizni biriktiring.

2-qadam. HUSTga qabul uchun onlayn-ilova:

Onlayn-ilova ariza shakli va tegishli hujjatlarni yuklash uchun xizmat qiladi.

  1. Onlayn-ilovada “I am applying for scholarship at HUST” yozuvini bosing va quyida “Hujjatlar tarkibi”da koʻrsatilganlarni ilova qiling.
  2. Identifikatorga kiring va onlayn-ariza hamda boshqa hujjatlarni yuklang. Dedlayn (2019-yil 15-mart)gacha identifikatordagi hujjatlaringiz istagancha tahrirlashingiz va toʻldirishingiz mumkin. Hujjatlaringiz “NEXT” tugmasini bosib keyingi qadamga oʻtganingizda avtomatik tarzda saqlanadi.
  3. Yakunlagangizdan keyin “Confirm and Submit”ni bosing. Bundan keyin hujjatlaringizni oʻzgartirib boʻlmaydi.
  4. Ariza statusini Quick Linksdagi “Status” boʻlimi orqali tekshirishingiz mumkin.

3-qadam. Roʻyxatdan oʻtish badalini toʻlash.

Roʻyxatdan oʻtish uchun quyida koʻrsatilgan rekvizitga 600 yuan (taxminan 84-100 dollar) toʻlash kerak:

Category: International Transfer
Amount: 100 USD
Currency: Foreign Currency

Bank information:
Foreign Exchange Account for International Transfer:
Account Name: Huazhong University of Science and Technology
Account Number: 567757540679
Bank Name: Bank of China, Hubei Branch
Swift Code: BKCHCNBJ600
Address: NO. 1037, LUOYU ROAD, WUHAN, HUBEI PROVINCE, P. R. China

Toʻlovni amalga oshirishning boshqa shakllari bilan SHU YERDA tanishing.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Imzo qoʻyilgan va fotosurat biriktirilgan Xitoy hukumat stipendiyasiga ariza (1-qadamda toʻldirgansiz, shuni yuklash kerak).
  2. Ilmiy daraja diplomi (bakalavr/magistr diplomi).
  3. Diplom ilovasining yurtimizdagi tegishli Taʼlim vazirligi tomonidan notarial tasdiqlangan nusxasi.
  4. Oʻqish yoki tadqiqot rejasi.
  5. Professor yoki dotsent tomonidan berilgan ikkita tavsiyanoma.
  6. Pasport fotonusxasi.
  7. CV (nashr ishlari roʻyxati, agar mavjud boʻlsa).
  8. Xitoy tilidagi dasturga ariza bergan nomzod tibbiyot, fan, texnika yoʻnalishlari uchun kamida HSK 4, iqtisod, menejment, falsafa, adabiyot, taʼlim va huquq sohalari uchun HSK 5 yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasi (aks holda 1 yil qoʻshimcha xitoy tili oʻqish kerak boʻladi). Ingliz tilida oʻqitiladigan dasturlarga nomzod (ona tilisi ingliz tili boʻlmagan)lar uchun IELTS/TOFEL yoki shunga teng boshqa sertifikat nusxasini topshirishlari kerak.
  9. HUST professor/dotsentidan rozilik xati (agar mavjud boʻlsa).
  10. Tibbiy maʼlumotnomaning notarial tasdiqlangan rasmiy tarjimasi (xitoy yoki ingliz tilida).

* Barcha hujjatlar ingliz yoki xitoy tilida boʻlishi zarur, bu tillarda yozilmagan hujjatlarni esa shu tillardan biriga tarjima qilish lozim.

Natijalarning eʼlon qilinishi

Natijalar 2019-yilning iyun oyida eʼlon qilinadi. Stipendiya ajratilganligi haqidagi rasmiy hujjat 2019-yil iyul oyi boshida taqdim etiladi.

Bogʻlanish uchun:

International Student Office(Main Campus)
Director
Mr. Lan Hanghang

Telefon: 0086-27-87793026
E-mail: lanhanghang@hust.edu.cn
HUST: http://english.hust.edu.cn/
CSC: http://www.csc.edu.cn/Laihua/

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!