Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti 2019-yilning kuzida boshlanadigan Postgraduate Taught Scholarships in Birmingham Business School dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur doirasiga bir nechta grantlar taqdim etilmoqda. Grantlar biznes, buhgalteriya va iqtisod sohalari bo`yicha magistratura kurslari talabalariga beriladi. Grantlar 1 yilga moʻljallangan. Grant 30 nafargacha talabaning kontrakt toʻlovini qisman qoplashni nazarda tutadi.
Grant universitetning quyidagi magistratura kurslari uchun tegishli:
Grant kimlar uchun?
Biznes va iqtisodiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
University of Birmingham magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 21,690 funt-sterling.
Grant yutib olgan nomzodga bir nechta grantlar taklif etiladi:
- Open Scholarships dasturi. 20 nafargacha talabaga 5 000 funt-sterling pul ajratadi.
- Dean’s Academic Excellence Scholarships dasturi. 10 nafar nomzodga 10 000 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.
Grantlar kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash, tibbiy sug`urta, o`quv qurollari kabi xarajatlarni talabaning o`zi toʻlashi kerak bo`ladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Yevropa Ittifoqiga aʼzo va aʼzo boʻlmagan davlatlar hamda Buyuk Britaniya fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
- Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanhalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan.
- Bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 28-aprelga qadar qabul qilinadi.
Demak, yuqorida koʻrsatilgan sohalardan birining magistraturasiga onlayn tarzda ariza berish kerak. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:
- Avval universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang: BATAFSIL.
- Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
- Alohida kurslarning qabul talablari boshqalaridan farq qiladi. Shuning uchun ularni ham batafsil o`rganib chiqing.
- Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi oxirida berilgan manzilga murojaat qiling. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.
Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:
- (Onlayn tarzda to`ldiramiz)
- Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
- Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aybqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 so`raladi.
- Shaxsiy ariza. Ariza hajmi 5000 belgigacha hajmda yozilgan, PDF yoki Microsoft Word formatida boʻlishi kerak.
- Ikkita tavsiyanoma.
- Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.
Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Arizada quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:
- Familiya, ism.
- Elektron pochta manzili.
- Hujjat topshirilgan dastur.
- Oʻqish pulini toʻlash uchun moliyalashtirish manbasi haqida maʼlumot.
- Erishilgan yutuqlar va mukofotlar haqida maʼlumot.
- Tanlangan dasturga nima sababli qiziqishi haqida esse.
- Kelajakdagi rejalar toʻgʻrisida fikr.
Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, kabilarga koʻra amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga 2019-yilning 14-iyunida eʼlon qilinadi.