×

Buyuk Britaniya: Magistratura uchun 10 000 funt-sterlinggacha grantlar; joy – 30 ta!


Grant

MUHLAT

01.05.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2142 marta

Buyuk Britaniyaning University of Birmingham – Birmingem universiteti 2019-yilning kuzida boshlanadigan Postgraduate Taught Scholarships in Birmingham Business School dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur doirasiga bir nechta grantlar taqdim etilmoqda. Grantlar biznes, buhgalteriya va iqtisod sohalari bo`yicha magistratura kurslari talabalariga beriladi. Grantlar 1 yilga moʻljallangan. Grant 30 nafargacha talabaning kontrakt toʻlovini qisman qoplashni nazarda tutadi.

Grant universitetning quyidagi magistratura kurslari uchun tegishli:

Grant kimlar uchun?

Biznes va iqtisodiyot boʻyicha magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Birmingham magistratura kursida oʻqish toʻlovi yiliga taxminan 21,690 funt-sterling.

Grant yutib olgan nomzodga bir nechta grantlar taklif etiladi:

  1. Open Scholarships dasturi. 20 nafargacha talabaga 5 000 funt-sterling pul ajratadi.
  2. Dean’s Academic Excellence Scholarships dasturi. 10 nafar nomzodga 10 000 funt-sterling mablagʻ ajratiladi.

Grantlar kontrakt toʻlovini qisman qoplaydi. Kontrakt pulining qolgan qismi va yashash, tibbiy sug`urta, o`quv qurollari kabi xarajatlarni talabaning o`zi toʻlashi kerak bo`ladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Yevropa Ittifoqiga aʼzo va aʼzo boʻlmagan davlatlar hamda Buyuk Britaniya fuqarolari ushbu grantga ariza bera oladilar.
  2. Nomzod universitetning yuqorida koʻrsatilgan magistratura yoʻnalishlaridan biriga ariza topshirgan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yuqori akademik koʻrsatkichga ega boʻlishi lozim.
  4. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish zarur. Ingliz tilini qanhalik yaxshi bilish kerakligi tanlangan kurs sahifasida ko`rsatilgan.
  5. Bakalavr yoki unga ekvivalent darajaga ega boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslariga o`qishga kirgan talabalarga beriladi. Shuning uchun avval o`qishga ariza berish kerak. Keyin esa alohida grantga ariza topshiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 28-aprelga qadar qabul qilinadi.

Demak, yuqorida koʻrsatilgan sohalardan birining magistraturasiga onlayn tarzda ariza berish kerak. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim:

  1. Avval universitet qidiruv sahifasidan kerakli dasturni tanlang: BATAFSIL.
  2. Tanlangan dastur uchun oʻqishga qabul talablari bilan tanishing.
  3. Alohida kurslarning qabul talablari boshqalaridan farq qiladi. Shuning uchun ularni ham batafsil o`rganib chiqing.
  4. Qabul jarayoni haqida savollar tugʻilganda kurs sahifasi oxirida berilgan manzilga murojaat qiling. Universitet qabul komissiyasi mutaxassislari masalaga oydinlik kiritadilar.

Oʻqishga qabul uchun hujjatlar tarkibi:

  1. (Onlayn tarzda to`ldiramiz)
  2. Diplom va baholar varagʻi (diplom ilovasi).
  3. Ingliz tili sertifikati. Tanlagan kursga qarab talablar farq qiladi. Shuning uchun til bilish talablarini kurs sahifasidan aybqlang. Odatda kamida IELTS 7,0 so`raladi.
  4. Shaxsiy ariza. Ariza hajmi 5000 belgigacha hajmda yozilgan, PDF yoki Microsoft Word  formatida boʻlishi kerak.
  5. Ikkita tavsiyanoma.
  6. Qoʻshimcha hujjat sifatida esse talab qilinishi mumkin.

Grantga ariza berish. Stipendiya olish uchun onlayn tarzda ariza toʻldiriladi. Arizada quyidagi maʼlumotlar taqdim etiladi:

  1. Familiya, ism.
  2. Elektron pochta manzili.
  3. Hujjat topshirilgan dastur.
  4. Oʻqish pulini toʻlash uchun moliyalashtirish manbasi haqida maʼlumot.
  5. Erishilgan yutuqlar va mukofotlar haqida maʼlumot.
  6. Tanlangan dasturga nima sababli qiziqishi haqida esse.
  7. Kelajakdagi rejalar toʻgʻrisida fikr.

Nomzodlarni saralash ularning yuqori akademik oʻzlashtirishi va yutuqlari, tadqiqot olib borishga layoqati, sohaga tegishli kasbiy tajriba, kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar nomzodlarga 2019-yilning 14-iyunida eʼlon qilinadi.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!