Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti PhD in Music dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-2020-o`quv yilida musiqa sohasida PhD bosqichiga o`qishga kirgan tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. O`qish davrida nomzod turmush o`rtog`i bilan birga yashashi mumkin.
Grant kimlar uchun?
Musiqa bo`yicha PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Chet ellik talaba University of Cambridge PhD in Music kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga 23,361 funt-sterling kontrakt to`laydi.
Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- 3 yil davomida bir yilga 23,361 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi.
- Stipendiatning turar joy xarajatlari uchun350 funt-sterling ajratiladi.
- Nomzodning texnik ta’minoti uchun 14,130 funt-sterling beriladi.
- Turmush o`rtog`i bilan birga yashashni istagan nomzodlarga qo`shimcha 7,510 funt-sterling qo`shiladi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
- Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod grantga ariza berishdan avval Cambridge PhD in Music programmega oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod musiqa sohasida tadqiqot olib borish tayyor bo`lishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2019-yil 28-iyunga qadar qabul qilinadi.
Grantga va o`qishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Grantga alohida ariza berish shart emas.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- https://www.graduate.study.cam.ac.uk/courses/directory/mumupdmus sahifasiga kiramiz.
- Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni o`rganob chiqamiz.
- Study(active tab) bo`limida o`qish talablari ko`rsatilgan.
- Requirements bo`limida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
- Finance bo`limida esa to`lovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
- How To Apply bo`limiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz. Sahifada topshiriladigan hujjatlar ro`yxati ham berilgan.
- Sahifaning yuqori o`ng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiramiz. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.
Hujjatlar tarkibi:
- Ariza.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/rezume.
- Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
- Reserch proposal.
- Ijodiy ishlardan 2 tagachanamuna topshiriladi.
Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA:
Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ijodiy ishlari, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Natijalar dedlayndan keyin qisqa muddat ichida eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun:
Manzil: Graduate Admissions Office
Student Services Centre
Bene’t Street, New Museums Site
Cambridge, UK
CB2 3PT
Telefon: +44 (0)1223 760606
Elektron pochta: Graduate.Admissions@admin.cam.ac.uk