×

Cambridge: PhD bosqichi uchun 45,351 funt-sterlinggacha grant; oila bilan yashash xarajatlari qoplanadi!


Grant

MUHLAT

28.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2392 marta

Angliyaning University of Cambridge – Kembrij universiteti PhD in Music dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-2020-o`quv yilida musiqa sohasida PhD bosqichiga o`qishga kirgan tadqiqotchilar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya uch yilga beriladi. O`qish davrida nomzod turmush o`rtog`i bilan birga yashashi mumkin.

Grant kimlar uchun?

Musiqa bo`yicha PhD bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge PhD in Music kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga 23,361 funt-sterling kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:

  1. 3 yil davomida bir yilga 23,361 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi.
  2. Stipendiatning turar joy xarajatlari uchun350 funt-sterling ajratiladi.
  3. Nomzodning texnik ta’minoti uchun 14,130 funt-sterling beriladi.
  4. Turmush o`rtog`i bilan birga yashashni istagan nomzodlarga qo`shimcha 7,510 funt-sterling qo`shiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod grantga ariza berishdan avval Cambridge PhD in Music programmega oʻqishga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod musiqa sohasida tadqiqot olib borish tayyor bo`lishi lozim.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 28-iyunga qadar qabul qilinadi.

Grantga va o`qishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Grantga alohida ariza berish shart emas.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. https://www.graduate.study.cam.ac.uk/courses/directory/mumupdmus sahifasiga kiramiz.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni o`rganob chiqamiz.
  3. Study(active tab) bo`limida o`qish talablari ko`rsatilgan.
  4. Requirements bo`limida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance bo`limida esa to`lovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply bo`limiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz. Sahifada topshiriladigan hujjatlar ro`yxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori o`ng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiramiz. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Dasturga qabul uchun IELTS kamida 7,5, TOEFL 110, CAE A yoki B (har bir bo`limdan kamida 193 ball), CPE A yoki B(har bir bo`limdan kamida 200 ball) bo`lishi talab qilinadi.
  5. Reserch proposal.
  6.  Ijodiy ishlardan 2 tagachanamuna topshiriladi.

Hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar tarkibi haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA:

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ijodiy ishlari, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 Natijalar dedlayndan keyin qisqa muddat ichida eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Manzil: Graduate Admissions Office
Student Services Centre
Bene’t Street, New Museums Site
Cambridge, UK
CB2 3PT

Telefon: +44 (0)1223 760606

Elektron pochta: Graduate.Admissions@admin.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!