×

Cambridge: Biznes va iqtisod sohasi bo`yicha magistratura uchun 15 000 funt-sterlinggacha grant


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1315 marta

University of Cambridgening Cambridge Trust ofisi Darwin College bilan hamkorlikda Michael Blank Cambridge Trust Masters Scholarship in Economics or Finance and Economics dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi Darwin Collegeda o`qitiladigan Iqtisod hamda Iqtisod va biznes magistratura va doktorantura (postgraduate) kurslarida o`qishni istagan talabalar uchun mo`ljallangan. Ushbu stipendiya bir yilga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Darwin Collegening School of Humanities and Social Sciences, Faculty of Economics fakultetida o`qishlari lozim.

Grant kimlar uchun?

Postgraduate bosqichida oʻqishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Chet ellik talaba University of Cambridge magistratura va doktorantura kursida oʻqish uchun 2019-2020-oʻquv yiliga taxminan 23 361-29 220 funt-sterling kontrakt to`laydi.

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil davomida 12 000 – 15 000 funt-sterling miqdorida kontrakt toʻlovi uchun pul beriladi.

Grant nomzodning boshqa xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo`lishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirish huquqiga ega.
  2. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  3. Nomzod Cambridge universitetining Iqtisod yoki Iqtisod va biznes bo`yicha postgraduate kursiga qabul qilingan boʻlishi zarur.
  4. Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
  5. Nomzod grant yutib olgandan keyin Darwin Collegeda o`qishi lozim bo`ladi.
  6. Nomzod ingliz tilini a`lo darajada bilishi kerak. Odatda IELTS kamida 6,5-7,0 bo`lishi talab qilinadi. Aniq ma’lumot tanlangan kurs sahifasida berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2019-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi.

Grantga va o`qishga kirish uchun bir marta ariza beriladi. Demak, universitetga qabul uchun hujjat topshirish zarur. Iqtisod, Iqtisod va moliya yo`nalishi bo`yicha o`qishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar grantga talabgor hisoblanadi. Grantga alohida ariza berish talab etilmaydi.

Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:

  1. Barcha kurslar sahifasiga kiramiz. U yerdan kerakli kursni topamiz.
  2. Overview sahifasida umumiy ma’lumot berilgan, ularni o`rganib chiqamiz.
  3. Study(active tab) bo`limida o`qish talablari ko`rsatilgan.
  4. Requirements bo`limida esa kirish talablari, ingliz tilini qanchalik yaxshi bilish kerakligi berilgan.
  5. Finance bo`limida esa to`lovlar haqida ma’lumotlar mavjud.
  6. How To Apply bo`limiga kirib hujjat topshirish bosqichlari bilan tanishib chiqamiz. Sahifada topshiriladigan hujjatlar ro`yxati ham berilgan.
  7. Sahifaning yuqori o`ng ratafidagi Apply Now yozuvini bosamiz va ariza topshiramiz. Arizaga so`ralgan hujjatlarni ilova qilib, jo`natamiz.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza.
  2. 2 ta tavsiyanoma.
  3. CV/rezume.
  4. Ingliz tili sertifikati. Odatda IELTS kamida 6,5-7,5 yoki ekvivalent bo`lishi talab qilinadi. Til bilish darajasi haqidagi ma’lumotni tanlangan kurs sahifasidan aniqlash kerak.
  5. Reserch proposal.
  6. 2 ta tavsiyanoma.
  7. Personal statement.

O`qish va grantga hujjat topshirish tartibi va kerakli hujjatlar haqida toʻliq maʼlumot: SHU YERDA.

Nomzodlar a’lo baholari, research proposal, ilmiy salohiyati, oʻqishga ishtiyoqi, til bilish darajasi, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.

 

Natijalar 2019-yil 30-sentabrda eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:  cambridge.trust@admin.cam.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!