Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi!
Boshqarmadagi bo‘sh ish o‘rinlari: katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- oliy yuridik ma’lumot;
- davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
- yuklatilgan vazifalarni bajara olish, qonun hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri qo‘llanishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi ma’muriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishning amaldagi tartibini tahlil qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, soddalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlay olish;
Vazifalari:
- davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi ma’muriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga doir qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
- davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, tahlil qilish, xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish (BPR) bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritib borish;
- yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish;
- huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
- statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.
Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi choralar va to‘lovlar ta’minlanadi:
- oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan – 6 mln. so‘mgacha. Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati bo‘yicha qo‘shimchalar berib boriladi.
Qo‘shimcha imtiyozlar:
- adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
- ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuborilishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2019-yil 1-may kuniga qadar o‘z shaxsiy varaqasi (obyektivkasi)ni kadr@davxizmat.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim. Yuborilayogan ma’lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.
Davlat xizmatlari agentligi Kadrlar bo‘limi
Ma’lumot uchun tel.:
+99871-207-00-66 (1006)