×

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi ishga taklif qiladi!


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

29189 marta

CHOP ETILGAN

22.04.2019

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasidagi bo‘sh ish o‘rinlariga malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi!

Boshqarmadagi bo‘sh ish o‘rinlari: katta maslahatchi, yetakchi maslahatchi, bosh maslahatchi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy yuridik ma’lumot;
  • davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
  • yuklatilgan vazifalarni bajara olish, qonun hujjatlarini amaliyotga to‘g‘ri qo‘llanishini tahlil qilish qobiliyatiga ega bo‘lish;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi ma’muriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatishning amaldagi tartibini tahlil qilish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini optimallashtirish, soddalashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlay olish;

Vazifalari:

  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibini belgilovchi ma’muriy reglamentlar loyihalarini ishlab chiqish;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga doir qonun hujjatlari loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish;
  • davlat xizmatlarini ko‘rsatishga doir huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish, tahlil qilish, xizmat ko‘rsatish jarayonini soddalashtirish (BPR) bo‘yicha asoslantirilgan takliflar kiritib borish;
  • yangi qabul qilingan qonun hujjatlari mazmun va mohiyatini aholiga va ijrochilarga tushuntirish;
  • huquqni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha tahliliy materiallar tayyorlash;
  • statistik ma’lumotlarni tahlil qilish va natijasi bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Oylik ish haqi, ijtimoiy himoyalashga qaratilgan quyidagi choralar va to‘lovlar ta’minlanadi:

  • oylik ish haqi – 4 mln. so‘mdan – 6 mln. so‘mgacha. Keyinchalik ushbu oylik ish haqiga martaba darajalari uchun va ko‘p yillik xizmati bo‘yicha qo‘shimchalar berib boriladi.

Qo‘shimcha imtiyozlar:

  • adliya organlari xodimlariga beriladigan maxsus unvon – martaba darajalari beriladi;
  • ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish maqsadida chet ellarga xizmat safarlari va stajirovkalarga yuborilishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2019-yil 1-may kuniga qadar o‘z shaxsiy varaqasi (obyektivkasi)ni kadr@davxizmat.uz elektron pochtasiga taqdim etishlari lozim. Yuborilayogan ma’lumotnomada nomzodning yashash manzili va telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham eks ettirilishi kerak.

Davlat xizmatlari agentligi Kadrlar bo‘limi 
Ma’lumot uchun tel.:
+99871-207-00-66 (1006)

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!