×

Buyuk Britaniya: Menejment bo`yicha magistratura uchun 10 000 funt-sterling grant


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1407 marta

Buyuk Britaniyada joylashgan Sussex University talabalardan Mansell-Steinmueller Scholarship (2019)dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi The Science Policy Research Unit (SPRU)da magistratura bosqichini o`qishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga quyidagi magistratura kurslarida o`qish uchun beriladi:

Grant kimlar uchun?

Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga kontraktni to`lash uchun 10 000  funt-sterling pul beriladi.

Grant nomzodning yashash, sug`urta, o`quv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning o`zi to`lashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  • Nomzod universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1/2:2 bo`lishi talab qilinadi.
  • Nomzod Sasseks universiteti va SPRU talablariga mos bo`lishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday bo`lishi kerakligi tanlangan yo`nalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi.
  • Nomzod tanlangan kursga mos keladigan soha bo`yicha bakalavr diplomiga ega bo`lishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar SPRUning yuqorida qayd etilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod o`zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O`qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. O`qishga dedlayn 1-avgustgacha, grantda esa dedlayn 1-iyungacha. Grant olishni istagan nomzodlar o`qishga ertaroq ariza berishlari lozim.

O`ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

  • Kurslar sahifasidan kerakli kursni toping. Kurs sahifasida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
  • Shu yerdava shu yerda kirish talablari berilgan.
  • Shu yer orqali o`qishga ariza bering. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
  • Qo`shimcha ma’lumot bilan ilmiy tadqiqot bo`limining: rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
  • Grant uchun qo`shimcha ma’lumotlar: Shu yerda.
  • Savollar yuzasidan scholarships@sussex.ac.ukga murojaat qiling.

Grantga ariza berish. Grantga arizani onlayn tarzda to`ldiring va kelajakdagi rejalaringiz hamda darsdan tashqari faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlar bilan birga jo`nating.

Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):

  • Ariza. Arizani qanday to`ldirish yuqorida berilgan.
  • Personal statement.
  • Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo`lishi lozim.
  • CV/resume.
  • Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
  • Boshqa sertifikatlar. Masalan, tanlangan kursga qarab LSAT/GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so`ralishi mumkin.
  • Pasport nusxasi.
  • Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
  • Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
  • Grant uchin esse yozish so`ralishi mumkin.

Nomzodlar grantga  sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil 1-iyulgacha elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: scholarships@sussex.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!