Buyuk Britaniyada joylashgan Sussex University talabalardan Mansell-Steinmueller Scholarship (2019)dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitet tarkibidagi The Science Policy Research Unit (SPRU)da magistratura bosqichini o`qishni istagan nomzodlar uchun moʻljallangan. Grant bir yilga quyidagi magistratura kurslarida o`qish uchun beriladi:
- Energy Policy MSc
- Project Management MSc
- Science and Technology Policy MSc
- Strategic Innovation Management MSc
- Sustainable Development MSc.
Grant kimlar uchun?
Magistraturada oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga bir yil muddatga kontraktni to`lash uchun 10 000 funt-sterling pul beriladi.
Grant nomzodning yashash, sug`urta, o`quv qurollari kabi xarajatlarini qoplamaydi. Ularni talabaning o`zi to`lashi kerak.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
- Nomzod universitetning yuqorida ko`rsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur. Odatda baholar 2:1/2:2 bo`lishi talab qilinadi.
- Nomzod Sasseks universiteti va SPRU talablariga mos bo`lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Kursga qabul uchun til bilish darajasi qanday bo`lishi kerakligi tanlangan yo`nalishga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 7,0 boʻlishi talab qilinadi.
- Nomzod tanlangan kursga mos keladigan soha bo`yicha bakalavr diplomiga ega bo`lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar SPRUning yuqorida qayd etilgan magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod o`zi tanlagan kursga ariza berishi kerak. O`qishga qabul haqida hujjat olinganidan keyin grantga alohida ariza topshirish zarur. O`qishga dedlayn 1-avgustgacha, grantda esa dedlayn 1-iyungacha. Grant olishni istagan nomzodlar o`qishga ertaroq ariza berishlari lozim.
O`ishga hujjat topshirish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
- Kurslar sahifasidan kerakli kursni toping. Kurs sahifasida batafsil maʼlumot berilgan. Toʻliq oʻqib chiqing.
- Shu yerdava shu yerda kirish talablari berilgan.
- Shu yer orqali o`qishga ariza bering. Kerakli hujjatlarni ilova qilib, jo`nating.
- Qo`shimcha ma’lumot bilan ilmiy tadqiqot bo`limining: rasmiy saytida tanishishingiz mumkin.
- Grant uchun qo`shimcha ma’lumotlar: Shu yerda.
- Savollar yuzasidan scholarships@sussex.ac.ukga murojaat qiling.
Grantga ariza berish. Grantga arizani onlayn tarzda to`ldiring va kelajakdagi rejalaringiz hamda darsdan tashqari faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlar bilan birga jo`nating.
Kerakli hujjatlar tarkibi (umumiy):
- Ariza. Arizani qanday to`ldirish yuqorida berilgan.
- Personal statement.
- Bakalavr diplomi va diplom ilovasi nusxasi. Baholar kamida 2:1/2:2 bo`lishi lozim.
- CV/resume.
- Ingliz tili testi (kamida IELTS 7.0 yoki ekvivalent) sertifikati.
- Boshqa sertifikatlar. Masalan, tanlangan kursga qarab LSAT/GRE/GMAT/ACT/GCSE kabilar so`ralishi mumkin.
- Pasport nusxasi.
- Moliyaviy ahvolingiz haqida maʼlumotnoma.
- Viza haqida maʼlumot talab qilinishi mumkin.
- Grant uchin esse yozish so`ralishi mumkin.
Nomzodlar grantga sohaga oid bilimlari, aʼlo baholari, ish tajribasi, darsdan tashqari tadbirlarda qatnashganligi, kelajakdagi rejalari kabilar asosida saralanadilar.
Natijalar 2019-yil 1-iyulgacha elektron pochta orqali xabar qilinadi.
Maʻlumot uchun: scholarships@sussex.ac.uk