International Data Corporation (IDC) tashkiloti Summer Internship Program dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu stajirovka dasturi kompyuter texnologiyalari, IT, dasturlash bo`yicha o`qiyotgan talabalar uchun moʻljallangan.
Stajirovka dasturi 2019-yilning iyul oyida boshlanadi va Yevropaning Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha davlatlarida bo‘lib o‘tadi.
Stajirovka dasturi qayerda o`tkazilishi tanlangan yo`nalishga bog`liq. Quyida dastur jadvali berilgan:
- “European Services Spending Drivers” – London
- “Retail Digital Transformation in Europe 2018” – Milan yoki London
- “Evolution of Channel Ecosystem in Spain” – Madrid
- “European Data Project on Security” (2 seats) – London yoki Prague
- “European Data Project on PC” – London
- “Implementation of Analytics for HR” – Milan yoki London
- “Channels Project – Best Practice Partner Engagement 2.0” – London
- «Blockchain Real Case Studies»- London yoki Milan
- «IDC Firmographics enhancements Paneurope» – Milan-Prague
- «Build the base for a “spending per employee and company” model»- Frankfurt,yoki Munich yo Milanda.
Grant kimlar uchun?
Kompyuter texnologiyalari va biznes sohasi vakillari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Stajirovka dasturida ishtirok etadigan nomzodlarga 10-12 hafta (3 oy) davomida har oyda 500 funt-sterling (taxminan 580 yevro) stipendiya beriladi.
Shuningdek nomzodlar yangi bilimlarni o`zlashtirish, tajriba orttirish, jahonning eng ilg`or texnologiyalari bilan tanishish, malakali mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`ladilar.
Dastur nomzodning transport va yashash xarajatlarini qoplamaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod Business Management, Data Analytics, Computer Science, Information Systems yoki Economics sohalari bo`yicha kamida 3-yil o`qiyotgan bo`lishi kerak.
- Nomzod global biznesga qiziqishi lozim.
- Nomzod moslashuvchan, kreativ, barqarorlik sifatlariga ega bo`lishi zarur.
- Nomzod yangi texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni yaxshi tushunishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Stajirovka dasturiga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari uchun qabul hozir ochiq. Qabul dedlayni aniq emas. Ammo dastur iyul oyida boshlanishini hisobga olib, arizalarni 2019-yil 1-iyunga qadar jo`natganingiz ma’qul.
- Ariza. Arizada qaysi davlatdagi dasturda ishtirok etmoqchi ekaningizni ko`rsating.
- IDS loyhasiga qo`shilishni nima uchun istayotganingiz haqida 100 ta so`zgacha esse/motivatsiya.
- CV/resume.
- Yuqoridagi hujjatlarni topshirib bo`lgandan keyin, dasturga loyiq deb topilgan nomzodlar suhbatdan o`tadilar. Bu haqida elektron pochtaga xabar keladi.
Nomzodlar kreativligi, soha bo`yicha bilim va tajribasi, til bilish darajasi kabilarga ko`ra saralanadi.
Natijalar tez fursat ichida maʼlum qilinadi.
Savollar bo`yicha: shu yerga murojaat qiling.