×

IDC Europe: London, Milan, Madrid, Amsterdam va Pragada 3 oylik amaliyot dasturi; oylik 500 funt-sterling stipendiya


Grant

MUHLAT

01.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

3659 marta

International Data Corporation (IDC) tashkiloti Summer Internship Program dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu stajirovka dasturi kompyuter texnologiyalari, IT, dasturlash bo`yicha o`qiyotgan talabalar uchun moʻljallangan.

Stajirovka dasturi 2019-yilning iyul oyida boshlanadi va Yevropaning Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha davlatlarida bo‘lib o‘tadi.

Stajirovka dasturi qayerda o`tkazilishi tanlangan yo`nalishga bog`liq. Quyida dastur jadvali berilgan:

  • “European Services Spending Drivers” – London
  • “Retail Digital Transformation in Europe 2018” – Milan yoki London
  • “Evolution of Channel Ecosystem in Spain” – Madrid
  • “European Data Project on Security” (2 seats) – London yoki Prague
  • “European Data Project on PC” – London
  • “Implementation of Analytics for HR” – Milan yoki London
  • “Channels Project – Best Practice Partner Engagement 2.0” – London
  • «Blockchain Real Case Studies»- London yoki Milan
  • «IDC Firmographics enhancements Paneurope» – Milan-Prague
  • «Build the base for a “spending per employee and company” model»- Frankfurt,yoki Munich yo Milanda.

Grant kimlar uchun?

Kompyuter texnologiyalari va biznes sohasi vakillari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Stajirovka dasturida ishtirok etadigan nomzodlarga 10-12 hafta (3 oy) davomida har oyda 500 funt-sterling (taxminan 580 yevro) stipendiya beriladi.

Shuningdek nomzodlar yangi bilimlarni o`zlashtirish, tajriba orttirish, jahonning eng ilg`or texnologiyalari bilan tanishish, malakali mutaxassislar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo`ladilar.

Dastur nomzodning transport va yashash xarajatlarini qoplamaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
  2. Nomzod Business Management, Data Analytics, Computer Science, Information Systems yoki Economics sohalari bo`yicha kamida 3-yil o`qiyotgan bo`lishi kerak.
  3. Nomzod global biznesga qiziqishi lozim.
  4. Nomzod moslashuvchan, kreativ, barqarorlik sifatlariga ega bo`lishi zarur.
  5. Nomzod yangi texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni yaxshi tushunishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Stajirovka dasturiga ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Nomzodlarning arizalari uchun qabul hozir ochiq. Qabul dedlayni aniq emas. Ammo dastur iyul oyida boshlanishini hisobga olib, arizalarni 2019-yil 1-iyunga qadar jo`natganingiz ma’qul.

  1. Ariza. Arizada qaysi davlatdagi dasturda ishtirok etmoqchi ekaningizni ko`rsating.
  2. IDS loyhasiga qo`shilishni nima uchun istayotganingiz haqida 100 ta so`zgacha esse/motivatsiya.
  3. CV/resume.
  4. Yuqoridagi hujjatlarni topshirib bo`lgandan keyin, dasturga loyiq deb topilgan nomzodlar suhbatdan o`tadilar. Bu haqida elektron pochtaga xabar keladi.

Nomzodlar kreativligi, soha bo`yicha bilim va tajribasi, til bilish darajasi kabilarga ko`ra saralanadi.

Natijalar tez fursat ichida maʼlum qilinadi.

Savollar bo`yicha: shu yerga murojaat qiling.

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!