Buyuk Britaniyaning The British Academy va Royal Academy of Engineering UK Government’s Global Challenges Research Fund (GCRF) 2019-yilning 9-sentabridan boshlanadigan kurslar uchun Urban Infrastructures of Well-Being dasturiga arizalar qabulini eʼlon qildi. Grant postdoktor bosqichi tadqiqotchilariga 21 oy (salkam ikki yil) muddatga beriladi. Grant ijtimoiy, muhandislik va gumanitar sohalar bo`yicha fanlararo taqdidqotlar olib borayotgan izlanuvchilarni ragʻbatlantirish uchun tashkil etilgan. Grant rivojlanayotgan davlatlardan o`z vatanlarini iqtisodiy rivojlantirishga oid ilmiy ish qilayotgan nomzodlarga beriladi.
Grant kimlar uchun?
Postdoktor bosqichi tadqiqotchilari uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodlarga 21 oygacha har yili 300 000 funt-sterling (taxminan 388 075,50 AQSh dollar) stipendiya beriladi.
Grant ehtiyojga qarab nomzodlarning turar joy, yashash xarajatlari va transport sarflarini ham qoplashi mumkin.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Rivojlanayotgan davlatlar fuqarolari bu grantga ariza bera oladi (O`zbekiston ro`yxatda bor).
- Nomzod kuchli va dolzarb research proposal topshirishi lozim.
- Nomzod berayotgan loyihasi katta muammolarni hal etishini namoyish qila olishi kerak.
- Nomzodning loyihasi ijtimoiy, muhandislik va gumanitar sohalari bo`yicha fanlararo tadqiqot bo`lishi va unda ijrochi sifatida rivojlanayotgan davlat vakillari qatnashishi lozim.
- Nomzod The British Academyning 2019-yil 9-sentabrdan boshlanadigan postdoktor kurslariga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzodning tegishli darajadagi PhD/DSc diplomi boʻlishi lozim.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
- Nomzod grantning: shu yerda ko`rsatilgan barcha talablariga mos bo`lishi talab qilinadi.
- Nomzod moliyaviy yordamga muhtoj bo`lishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant The British Academyning 2019-yil 9-sentabrdan boshlanadigan postdoktor kurslarida tadqiqot olib borish uchun beriladi. Demak nomzod akademiyaga ariza berishi kerak. Kurs va grantga bitta ariza topshiriladi. Ariza onlayn tarzda to`ldiriladi. Grantga arizalar 2019-yil 22-maygacha qabul qilinadi. Hujjat topshirishdan avval Scheme Notes bilan batafsil tanishib chiqing.
Ariza to`ldirish bo`yicha yo`riqnoma:
Ariza to`ldirayotganda barcha (*) bilan belgilangan qatorlar to`liq yozilishi shart. Arizaning sahifalarida quyidagi ma’lumotlar aks etadi:
- Page 1: Primary Applicant Details
- Page 2-7: Co-Applicant Details
- Page 8: Research Proposal
- Page 9: Financial Details
- Page 10: Equal Opportunities
Hujjatlar tarkibi:
- CV/resume. PDF faylda yuklanadi.
- Research proposal.
- Loyiha rejasi va dasturi
- PhD diplomi.
- Hammualliflar bor bo`lsa, ular haqida ma’lumot.
- Loyiha ijrochilari haqida ma’lumot.
- Qo`shimcha hujjatlar so`ralishi mumkin. Bu masalada maqola oxirida ko`rsatilgan manzilga murojaat qiling.
Hujjatlar tarkibi va talablar haqida batafsil ma’lumotlar: shu yerda berilgan.
Nomzodlarni saralash taqdim etilgan loyihaning dolzarbligi, katta muammolarni hal eta olishi, rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga hissa qo`sha olishi, taklif etilayotgan ijrochilar, moliyaviy yordamga ehtiyojning mavjudligi kabilar asosida amalga oshiriladi.
Natijalar nomzodlarga dedlayndan keyin tez vaqt ichida elektron pochta orqali jo`natiladi.
Bogʻlanish uchun: GCRF@thebritishacademy.ac.uk