×

University of Bristol: Iqtisod bo‘yicha bakalavriat kurslari uchun qisman grantlar


Grant

MUHLAT

30.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

1759 marta

Angliyaning Bristol shahrida joylashgan Bristol universitetiUniversity of Bristol 2019-2020-oʻquv yili uchun Global Economics Undergraduate Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning iqtisod va moliya bo‘yicha bakalavriat kurslarida oʻqishni istagan talabalarga beriladi. Grant to‘rt nafar eng iqtidorli va a’lochi chet ellik talabalarni moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga mo‘ljallangan.

Grantga ariza berishni istagan talabalar quyidagi yo‘nalishlardan birida o‘qishi lozim:

Grant kimlar uchun?

Bakalavriat bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

University of Bristol iqtisod bakalavriat kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga taxminan 18 100 funt-sterling kontrakt toʻlashi kerak.

Grant yutib olgan to‘rt nafar talabalarga 5 000 funt-sterling beriladi. Bu pulni faqat kontrakt toʻlash uchun sarflash mumkin. Dastur kontrakni qisman qoplaydi va stipendiya yutib olgan nomzodning boshqa xarajatlarini to‘lamaydi.

Bu grantga ariza bergan nomzodlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Think Big undergraduate grantiga ham da’vogar hisoblanadi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  • Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi zarur.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilish kerak. Tilni qay darajada bilish zarurligi nomzod qaysi kursga hujjat topshirishiga qarab farq qiladi. Odatda IELTS kamida 6.0 boʻlishi talab qilinadi. Batafsil maʻlumotni sizni qiziqtirgan kurs sahifasidan olishingiz mumkin (yuqorida koʻrsatilgan).
  • Nomzod universitetning iqtisod sohasi bakalavriat kurslariga oʻqishga kirgan boʻlishi kerak.
  • Nomzod kundizgi bo‘limda chet ellik talaba statusida o‘qishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar universitetning iqtisod sohasiga tegishli bakalavriat kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod universitetdagi shu kursga ham, grantga ham ariza berishi zarur. Buning uchun avval oʻqishga kirishga ariza bilan hujjat topshirish kerak. Keyin grantda ariza beriladi. Dedlayn 2019-yil 30-iyungacha.

Hujjat topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  1. Shu yerdan kerakli kursni toping. Yoki maqola boshida berilgan roʻyxatdagi kurslar havolalari orqali ham buni bajarish mumkin.
  2. Kurs sahifasida umumiy ma`lumotlar bilan tanishing.
  3. How to apply bo‘limida qanday qilib hujjat topshirish tartibi berilgan. Batafsil tanishib chiqing.
  4. Entry requirements and qualifications bo‘limida esa kirish talablari ko‘rsatilgan.
  5. Shu yer orqali ariza to‘ldiring. Kerakli hujjatlar bilan birga jo‘nating.

Grantga ariza berish. Buning uchun grant arizasini toʻldirish kerak. Arizada quyidagi maʼlumotlar yozilishi kerak:

  • Shaxsiy maʼlumotlar.
  • Esse.
  • Stipendiya haqida maʼlumotlar.

Kerakli hujjatlar (umumiy):

  • Personal statement.
  • Attestat/diplom va diplom ilovasi nusxasi (baholar aʼlo boʻlishi kerak. Universitet talabi boʻyicha 100 dan 85% baho qabul qilinadi).
  • Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma.
  • Ingliz tili testi sertifikati (IELTS 6.0, CPE C, CAE C daraja (yoki roʻyxatda berilgan ekvivalent) sertifikati).
  • Pasport nusxasi.
  • Tanlangan kursga qarab GMAT/GRE/ACT/SAT kabi qo‘shimcha sertifikatlar so‘ralishi yoki matematikadan imtihon topshirish talab qilinishi mumkin.

Boshqa qoʻshimcha hujjatlar ham soʻraladi. Shuning uchun oʻzingiz tanlagan kurs maʻlumotlarini puxta oʻrganib chiqing.

Nomzodlar grantga a’lo baholari, akademik yutuqlari, oʻqishga qiziqishi va ijtimoiy faolliklari asosida saralanadilar.

Natijalar 2019-yil 19-iyulgacha xabar qilinadi.

Maʻlumot uchun: student-funding@bristol.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!