Yaponiyaning Duskin Ainowa Foundation va Japanese Society for Rehabilitation of Persons with Disabilities (JSRPD) tashkilotlari Duskin Leadership Training Program in Japan dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur Osiyo-Tinch okeani hududi davlatlarida yashovchi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Dasturda 10 nafar nomzod ishtirok etishi rejalashtirilgan. Dastur 2022-yil yanvardan oktyabrgacha 10 oy davomida bo‘lib o‘tadi. Dastur ingliz yoki yapon tilida olib boriladi. Dastur 3 bosqichga boʻlingan reja boʻyicha olib boriladi: yapon tilini oʻrganish, guruhli treninglar va individual treninglar.
Grant kimlar uchun?
18 yoshdan 29 yoshgacha bo`lgan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Dasturda ishtirok erish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarga 2022-yil yanvardan oktyabrgacha 10 oy davomida Yaponiyada yashashlari va dasturda qatnashishlari uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:
- Turar joy va har kunlik xarajatlar uchun stipendiya beriladi.
- Barcha transport xarajatlari: borish-kelishga aviachipta, hududiy transport va sayohat xarajatlari qoplanadi.
- Yaponiyada dasturda qatnashish haqi to‘liq qoplab beriladi.
- Viza, sugʻurta va pasport toʻlovlari toʻlab beriladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod Osiyo-Tinch okeani hududidagi davlat fuqarosi bo‘lishi kerak (O‘zbekiston kiradi).
- Nomzod 2021-yil 15-aprel holatiga 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lishi lozim.
- Nomzod ingliz va/yoki yapon tilini yaxshi bilish kerak.
- Nomzod oʻz vatanida boʻlajak lider boʻlishi va imkoniyati cheklanganlar bilan ishlashi lozim.
- Nomzod 10 oy Yaponiyada yashay olishi va yapon madaniyaniga moslasha olishi kerak.
- Nomzod trening dasturi yakunida oʻz yurtiga qaytib ketishi va oʻrgangan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishi lozim.
- Nomzod tashkilot qo‘ygan shartlarga rozi bo‘lishi va favqulodda yuz berishi mumkin boʻlgan holatlarga tayyor boʻlishi kerak.
- Nomzod trening davomida bir qancha topshiriqlarni amalga oshiradi. Bu haqida batafsil: shu yerda berilgan.
Dasturga qabul jarayoni:
Hujjatlar 2021-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi.
- Dasturga beriladigan ariza 8 bet va 28 ta boʻlimdan iborat. Ariza yapon yoki ingliz tilida toʻldiriladi. Barcha boʻlimlar toʻldirilishi shart.
- Arizada shaxsiy ma’lumotlar, volontyorlik faoliyati, nomzodga yordam beruvchi/mas’ul shaxs manzillari va hokazo ma’lumotlar yozilishi kerak.
- Saralash dastlab hujjatlarni ko‘rib chiqish, keyin esa yapon/ingliz tilida suhbatdan o‘tkazish natijalari asosida bo‘ladi.
- Hujjat topshirish jarayonida talab qilinadigan barcha hujjatlar duskin_training@dinf.ne.jp elektron pochta orqali yoki pochta orqali Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan c/o JSRPD 1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052 JAPAN manziliga joʻnatiladi.
- Ariza bo‘yicha barcha ma’lumotlar: shu yerda.
Taxminiy hujjatlar tarkibi:
- Ariza (PDF nusxasi – bu yerda, Word nusxasi – bu yerda)
- Pasport nusxasi.
- Ingliz va/yoki yapon tili sertifikati. Kursda qatnashish uchun ingliz tilida erkin gaplasha olish talab qilinadi.
- Ma’lumotga egalik haqida hujjat.
- Bogʻlanish uchun ma’lumotlar.
- Mas’ul/yordamchi/hamroh shaxs haqida ma’lumot.
- Qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Hujjatlar tarkibi tashkilotchilar tomonidan hujjat topshirish jarayonida ma’lum qilinadi. Dastur haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda berilgan.
Nomzodlar ijtimoiy faolligi, motivatsiyasi, til bilishi, kelajakdagi rejalari kabilarga asosan saralanadilar.
Maʻlumot uchun:
Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan
c/o Japanese Society for Rehabilitation of Persons with Disabilities (JSRPD)
1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052, Japan
Telefon: +81-3-5273-0633
Email: duskin_training@dinf.ne.jp