×

Yaponiya: Imkoniyati cheklanganlar uchun 10 oylik trening dasturi; barcha xarajatlar to`liq qoplanadi va stipendiya beriladi; joy – 10 ta!


Grant

MUHLAT

15.04.2021

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yaponiya

O'QILGAN

3590 marta

Yaponiyaning Duskin Ainowa Foundation va Japanese Society for Rehabilitation of Persons with Disabilities (JSRPD) tashkilotlari Duskin Leadership Training Program in Japan dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Dastur Osiyo-Tinch okeani hududi davlatlarida yashovchi imkoniyati cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan. Dasturda 10 nafar nomzod ishtirok etishi rejalashtirilgan. Dastur 2022-yil yanvardan oktyabrgacha 10 oy davomida bo‘lib o‘tadi. Dastur ingliz yoki yapon tilida olib boriladi. Dastur 3 bosqichga boʻlingan reja boʻyicha olib boriladi: yapon tilini oʻrganish, guruhli treninglar va individual treninglar.

Grant kimlar uchun?

18 yoshdan 29 yoshgacha bo`lgan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Dasturda ishtirok erish imkoniyatini qo‘lga kiritgan nomzodlarga 2022-yil yanvardan oktyabrgacha 10 oy davomida Yaponiyada yashashlari va dasturda qatnashishlari uchun quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Turar joy va har kunlik xarajatlar uchun stipendiya beriladi.
  2. Barcha transport xarajatlari: borish-kelishga aviachipta, hududiy transport va sayohat xarajatlari qoplanadi.
  3. Yaponiyada dasturda qatnashish haqi to‘liq qoplab beriladi.
  4. Viza, sugʻurta va pasport toʻlovlari toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Nomzod Osiyo-Tinch okeani hududidagi davlat fuqarosi bo‘lishi kerak (O‘zbekiston kiradi).
  • Nomzod 2021-yil 15-aprel holatiga 18 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lishi lozim.
  • Nomzod ingliz va/yoki yapon tilini yaxshi bilish kerak.
  • Nomzod oʻz vatanida boʻlajak lider boʻlishi va imkoniyati cheklanganlar bilan ishlashi lozim.
  • Nomzod 10 oy Yaponiyada yashay olishi va yapon madaniyaniga moslasha olishi kerak.
  • Nomzod trening dasturi yakunida oʻz yurtiga qaytib ketishi va oʻrgangan bilimlarini amaliyotga tadbiq etishi lozim.
  • Nomzod tashkilot qo‘ygan shartlarga rozi bo‘lishi va favqulodda yuz berishi mumkin boʻlgan holatlarga tayyor boʻlishi kerak.
  • Nomzod trening davomida bir qancha topshiriqlarni amalga oshiradi. Bu haqida batafsil: shu yerda berilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Hujjatlar 2021-yil 15-aprelga qadar qabul qilinadi.

  1. Dasturga beriladigan ariza 8 bet va 28 ta boʻlimdan iborat. Ariza yapon yoki ingliz tilida toʻldiriladi. Barcha boʻlimlar toʻldirilishi shart.
  2. Arizada shaxsiy ma’lumotlar, volontyorlik faoliyati, nomzodga yordam beruvchi/mas’ul shaxs manzillari va hokazo ma’lumotlar yozilishi kerak.
  3. Saralash dastlab hujjatlarni ko‘rib chiqish, keyin esa yapon/ingliz tilida suhbatdan o‘tkazish natijalari asosida bo‘ladi.
  4. Hujjat topshirish jarayonida talab qilinadigan barcha hujjatlar duskin_training@dinf.ne.jp elektron pochta orqali yoki pochta orqali Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan c/o JSRPD 1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052 JAPAN manziliga joʻnatiladi.
  5. Ariza bo‘yicha barcha ma’lumotlar: shu yerda.

Taxminiy hujjatlar tarkibi:

  1. Ariza (PDF nusxasi – bu yerda,  Word nusxasi – bu yerda)
  2. Pasport nusxasi.
  3. Ingliz va/yoki yapon tili sertifikati. Kursda qatnashish uchun ingliz tilida erkin gaplasha olish talab qilinadi.
  4. Ma’lumotga egalik haqida hujjat.
  5. Bogʻlanish uchun ma’lumotlar.
  6. Mas’ul/yordamchi/hamroh shaxs haqida ma’lumot.
  7. Qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin. Hujjatlar tarkibi tashkilotchilar tomonidan hujjat topshirish jarayonida ma’lum qilinadi. Dastur haqida toʻliq ma’lumot: shu yerda berilgan.

Nomzodlar ijtimoiy faolligi, motivatsiyasi, til bilishi, kelajakdagi rejalari kabilarga asosan saralanadilar.

Maʻlumot uchun: 

Secretariat for the Duskin Leadership Training in Japan

c/o Japanese Society for Rehabilitation of Persons with Disabilities (JSRPD)

1-22-1 Toyama, Shinjuku-ku, Tokyo 162-0052, Japan

Telefon: +81-3-5273-0633

Email: duskin_training@dinf.ne.jp

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!