Dunyoning 200 mamlakatidagi 13600 dan ortiq rasmiy oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga olgan UniRank qidiruv va maʼlumotlar bazasi tizimi oʻz veb-saytida 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston universitetlari roʻyxatini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekistondagi 65 ta oliy taʼlim muassasasi keltrilgan boʻlib, tizim tahlili boʻyicha kuchli 10 talikdan joy olgan OTMlarning 9 tasi Toshkent shahrida va bittasi Samarqand shahrida joylashgan (Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti – 10-oʻrin).
Shuni ham taʼkidlash joizki, roʻyxatda 7 ta xorijiy oliygohlar filiallari keltirilgan va ularning 3 tasi kuchli 10 likdan joy olgan (Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti – 1-oʻrin, Toshkent Shahridagi Inha Universiteti – 3-oʻrin, Toshkent Shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti 5-oʻrinda).
Quyida UniRank tahlili boʻyicha shakllantirilgan 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston oliygohlari roʻyxati bilan toʻliq tanishishingiz mumkin:
| Oʻrni | Oliygoh | Joylashuvi |
|---|---|---|
| 1 | Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti | Tashkent |
| 2 | Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti | Tashkent |
| 3 | Toshkent Shahridagi Inha Universiteti | Tashkent |
| 4 | Toshkent Moliya Instituti | Tashkent |
| 5 | Toshkent Shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti | Tashkent |
| 6 | O’zbekiston Milliy Universiteti | Tashkent |
| 7 | Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti | Tashkent |
| 8 | Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti | Tashkent |
| 9 | O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti | Tashkent |
| 10 | Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti | Samarkand |
| 11 | Toshkent Farmatsevtika Instituti | Tashkent |
| 12 | Qoraqalpoq Davlat Universiteti | Nukus |
| 13 | Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti | Samarkand |
| 14 | Toshkent Tibbiyot Akademiyasi | Tashkent |
| 15 | Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti | Tashkent |
| 16 | Samarkand Davlat Universiteti | Samarkand |
| 17 | Toshkent Avtomobil Yo’llarini loyihalash, Qurish va Ekspluatatsiyasi Instituti | Tashkent |
| 18 | Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti | Tashkent |
| 19 | Buxoro Davlat Universiteti | Bukhara |
| 20 | Toshkent Temir yo’l Muhandislari Instituti | Tashkent |
| 21 | Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti | Tashkent |
| 22 | Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti | Tashkent |
| 23 | Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti | Samarkand |
| 24 | Andijon Qishloq xo’jaligi Instituti | Andijan |
| 25 | Toshkent Davlat Yuridik Universiteti | Tashkent |
| 26 | Kamoliddin Behzod Nomidagi Milliy Rassomlik Va Dizayn Instituti | Tashkent |
| 27 | Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti | Qarshi |
| 28 | Toshkentagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti | Tashkent |
| 29 | Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti | Samarkand |
| 30 | Termiz Davlat Universiteti | Termez |
| 31 | Rossiya Davlat Neft va Gaz Universitetining Toshkent Shahridagi Filiali | Tashkent |
| 32 | Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti | Tashkent |
| 33 | Farg’ona Politexnika Instituti | Fergana |
| 34 | Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti | Kokand |
| 35 | Guliston Davlat Universiteti | Guliston |
| 36 | Urganch Davlat Universiteti | Urgench |
| 37 | Toshkent Davlat Texnika Universiteti | Tashkent |
| 38 | O’zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Instituti | Tashkent |
| 39 | Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti | Namangan |
| 40 | Samarqand Qishloq xo’jalik Instituti | Samarkand |
| 41 | Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti | Tashkent |
| 42 | Qarshi Davlat Universiteti | Qarshi |
| 43 | O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti | Tashkent |
| 44 | Andijon Mashinasozlik Instituti | Andijan |
| 45 | Farg’ona Davlat Universiteti | Fergana |
| 46 | Nukus Davlat Pedagogika Instituti | Nukus |
| 47 | Toshkent To’qimachilik va Yengil Sanoat Instituti | Tashkent |
| 48 | Toshkent Davlat O’zbek Tili va Adabiyoti Universiteti | Tashkent |
| 49 | Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti | Tashkent |
| 50 | Andijon Davlat Universiteti | Andijan |
| 51 | Toshkent Islom Universiteti | Tashkent |
| 52 | Buxoro muhandislik-texnologiya instituti | Bukhara |
| 53 | Namangan Davlat Universiteti | Namangan |
| 54 | Andijon Davlat Tibbiyot Instituti | Andijan |
| 55 | Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti | Bukhara |
| 56 | Jizzax Politexnika Instituti | Jizzakh |
| 57 | Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali | Tashkent |
| 58 | O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi | Tashkent |
| 59 | Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti | Tashkent |
| 60 | Jizzax Davlat Pedagogika Instituti | Jizzakh |
| 61 | Navoiy Davlat Pedagogika Instituti | Navoiy |
| 62 | Bank-moliya Akademiyasi | Tashkent |
| 63 | Navoiy Davlat Konchilik Instituti | Navoiy |
| 64 | Milliy Raqs va Xoreografiya Oliy Maktabi | Tashkent |
| 65 | O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi | Tashkent |
Maʼlumot uchun: UniRank tizimi yuqoridagi oliygohlar roʻyxatini quyidagi meʼzonlar asosida shakllantirgan:
- Oʻzbekistondagi oliy taʼlimga aloqador tegishli davlat tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilinganligi/litsenziyalanganligi;
- Kamida 4 yillik bakalavrlik dasturlari yoki bakalavrdan keyingi bosqichlar (magistratura va doktorantura) ni taklif etilishi;
- Asosan anʼanaviy, yuzma-yuz va masofaviy boʻlmagan taʼlim bilan taʼminlash.
Manba: UniRank




