×

UniRank 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston oliygohlari roʻyxatini eʼlon qildi


Blog

BO'LIM

Yangiliklar

O'QILGAN

13224 marta

CHOP ETILGAN

13.05.2019

Dunyoning 200 mamlakatidagi 13600 dan ortiq rasmiy oliy taʼlim muassasalarini oʻz ichiga olgan UniRank qidiruv va maʼlumotlar bazasi tizimi oʻz veb-saytida 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston universitetlari roʻyxatini eʼlon qildi. Unda Oʻzbekistondagi 65 ta oliy taʼlim muassasasi keltrilgan boʻlib, tizim tahlili boʻyicha kuchli 10 talikdan joy olgan OTMlarning 9 tasi Toshkent shahrida va bittasi Samarqand shahrida joylashgan (Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti – 10-oʻrin).

Shuni ham taʼkidlash joizki, roʻyxatda 7 ta xorijiy oliygohlar filiallari keltirilgan va ularning 3 tasi kuchli 10 likdan joy olgan (Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti – 1-oʻrin, Toshkent Shahridagi Inha Universiteti – 3-oʻrin, Toshkent Shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti 5-oʻrinda).

Quyida UniRank tahlili boʻyicha shakllantirilgan 2019-yildagi eng mashhur Oʻzbekiston oliygohlari roʻyxati bilan toʻliq tanishishingiz mumkin:

Oliygoh Joylashuvi
1 Toshkent Shahridagi Xalqaro Vestminster Universiteti Tashkent
2 Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Tashkent
3 Toshkent Shahridagi Inha Universiteti Tashkent
4 Toshkent Moliya Instituti Tashkent
5 Toshkent Shahridagi Singapur Menejmentni Rivojlantirish Instituti Tashkent
6 O’zbekiston Milliy Universiteti Tashkent
7 Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti Tashkent
8 Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti Tashkent
9 O’zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti Tashkent
10 Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti Samarkand
11 Toshkent Farmatsevtika Instituti Tashkent
12 Qoraqalpoq Davlat Universiteti Nukus
13 Samarqand Iqtisodiyot va Servis Instituti Samarkand
14 Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tashkent
15 Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Tashkent
16 Samarkand Davlat Universiteti Samarkand
17 Toshkent Avtomobil Yo’llarini loyihalash, Qurish va Ekspluatatsiyasi Instituti Tashkent
18 Toshkent Arxitektura Qurilish Instituti Tashkent
19 Buxoro Davlat Universiteti Bukhara
20 Toshkent Temir yo’l Muhandislari Instituti Tashkent
21 Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti Tashkent
22 Toshkent Irrigatsiya va Melioratsiya Instituti Tashkent
23 Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti Samarkand
24 Andijon Qishloq xo’jaligi Instituti Andijan
25 Toshkent Davlat Yuridik Universiteti Tashkent
26 Kamoliddin Behzod Nomidagi Milliy Rassomlik Va Dizayn Instituti Tashkent
27 Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Instituti Qarshi
28 Toshkentagi M. V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universiteti Tashkent
29 Samarqand Davlat Arxitektura-Qurilish Instituti Samarkand
30 Termiz Davlat Universiteti Termez
31 Rossiya Davlat Neft va Gaz Universitetining Toshkent Shahridagi Filiali Tashkent
32 Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Tashkent
33 Farg’ona Politexnika Instituti Fergana
34 Qo’qon Davlat Pedagogika Instituti Kokand
35 Guliston Davlat Universiteti Guliston
36 Urganch Davlat Universiteti Urgench
37 Toshkent Davlat Texnika Universiteti Tashkent
38 O’zbekiston Davlat Jismoniy Tarbiya Instituti Tashkent
39 Namangan Muhandislik-Texnologiya Instituti Namangan
40 Samarqand Qishloq xo’jalik Instituti Samarkand
41 Toshkent Kimyo-Texnologiya Instituti Tashkent
42 Qarshi Davlat Universiteti Qarshi
43 O’zbekiston Davlat San’at va Madaniyat Instituti Tashkent
44 Andijon Mashinasozlik Instituti Andijan
45 Farg’ona Davlat Universiteti Fergana
46 Nukus Davlat Pedagogika Instituti Nukus
47 Toshkent To’qimachilik va Yengil Sanoat Instituti Tashkent
48 Toshkent Davlat O’zbek Tili va Adabiyoti Universiteti Tashkent
49 Toshkent Davlat Sharqshunoslik Instituti Tashkent
50 Andijon Davlat Universiteti Andijan
51 Toshkent Islom Universiteti Tashkent
52 Buxoro muhandislik-texnologiya instituti Bukhara
53 Namangan Davlat Universiteti Namangan
54 Andijon Davlat Tibbiyot Instituti Andijan
55 Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti Bukhara
56 Jizzax Politexnika Instituti Jizzakh
57 Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali Tashkent
58 O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi Tashkent
59 Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti Tashkent
60 Jizzax Davlat Pedagogika Instituti Jizzakh
61 Navoiy Davlat Pedagogika Instituti Navoiy
62 Bank-moliya Akademiyasi Tashkent
63 Navoiy Davlat Konchilik Instituti Navoiy
64 Milliy Raqs va Xoreografiya Oliy Maktabi Tashkent
65 O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi Tashkent

Maʼlumot uchun: UniRank tizimi yuqoridagi oliygohlar roʻyxatini quyidagi meʼzonlar asosida shakllantirgan:

  • Oʻzbekistondagi oliy taʼlimga aloqador tegishli davlat tashkilotlari tomonidan akkreditatsiya qilinganligi/litsenziyalanganligi;
  • Kamida 4 yillik bakalavrlik dasturlari yoki bakalavrdan keyingi bosqichlar (magistratura va doktorantura) ni taklif etilishi;
  • Asosan anʼanaviy, yuzma-yuz va masofaviy boʻlmagan taʼlim bilan taʼminlash.

Manba: UniRank

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!