Australasian Gastro-Intestinal Trials Group (AGITG) 2019-2020 o‘quv yiliga HDR Scholarship – Merck-AGITG Kristian Anderson Award grant dasturini taklif etadi. Grant Avstraliyada joylashgan Deakin Universityning tibbiyot yoʻnalishlarida o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar klinikalarda oshqozon-hazm a’zolari kasalliklarini tadqiq qiladilar va kasalxona mijozlarini davolaydilar. Grant bir yilga beriladi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichi uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida yiliga 36 700 AUD (tahminan 25 198 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida: shu yerda batafsil ma’lumot berilgan.
Grant PhD dasturining faqat birinchi oʻquv yili uchun stipendiya beradi. Oʻqishning qolgan yillari uchun kontrakt toʻlovi hamda boshqa xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlaydi.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
- Nomzod Deakin University tibbiyot yoʻnalishiga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilinishi kerak.
- Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
- Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
- Nomzod boshqa moliyalashtirish manbalaridan yordam olmayotgan bo‘lishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
- Nomzod Deakin University va AGITG talablariga mos boʻlishi kerak.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant Deakin Universityning tibbiyot yoʻnalishida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Bundan soʻng esa grantga ariza topshiriladi. Oʻqishga kirish uchun dedlayn: 2019-yil 30-iyun, grant uchun esa 2019-yil 7-iyungacha topshirilishi zarur. Grant yutib olishni istasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bering.
Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.
Grantga ariza topshirish uchun esa ariza shaklini agitg@gicancer.org.au elektron pochtasi orqali olish mumkin. Grant talablari batafsil: shu yerda berilgan.
Talab etiladigan hujjatlar
- Ariza.
- Til sertifikati. Odatda kamida IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball boʻlishi talab qilinadi.
- 2 ta tavsiyanoma.
- CV/Rezyume.
- Magistrlik diplomi.
- Diplom ilovasi/baholar.
- Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
- Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
- Tarjimai hol.
- Pasport nusxasi.
Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.
Nomzodlarni saralash 4 mezon asosida amalga oshiriladi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.
Bogʻlanish uchun: agitg@gicancer.org.au