×

Avstraliya: Tibbiyot boʻyicha PhD bosqichi uchun 25 198 AQSh dollarlik grant


Grant

MUHLAT

07.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1637 marta

Australasian Gastro-Intestinal Trials Group (AGITG) 2019-2020 o‘quv yiliga HDR Scholarship – Merck-AGITG Kristian Anderson Award grant dasturini taklif etadi. Grant Avstraliyada joylashgan Deakin Universityning tibbiyot yoʻnalishlarida o‘qishga qabul qilingan tadqiqotchilarga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar klinikalarda oshqozon-hazm a’zolari kasalliklarini tadqiq qiladilar va kasalxona mijozlarini davolaydilar. Grant bir yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga bir yil davomida yiliga 36 700 AUD (tahminan 25 198 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.

Oliygohda ta’lim olish uchun sarflanadigan xarajatlar haqida: shu yerda batafsil ma’lumot berilgan.

Grant PhD dasturining faqat birinchi oʻquv yili uchun stipendiya beradi. Oʻqishning qolgan yillari uchun kontrakt toʻlovi hamda boshqa xarajatlarni nomzodning oʻzi toʻlaydi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos blishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod Deakin University tibbiyot yoʻnalishiga PhD tadqiqotchisi sifatida o‘qishga qabul qilinishi kerak.
  3. Nomzod PhD kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod magistratura bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod boshqa moliyalashtirish manbalaridan yordam olmayotgan bo‘lishi kerak.
  6. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.
  7. Nomzod Deakin University va AGITG talablariga mos boʻlishi kerak.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Deakin Universityning tibbiyot yoʻnalishida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Bundan soʻng esa grantga ariza topshiriladi. Oʻqishga kirish uchun dedlayn: 2019-yil 30-iyun, grant uchun esa 2019-yil 7-iyungacha topshirilishi zarur. Grant yutib olishni istasangiz, oʻqishga ertaroq ariza bering.

Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Grantga ariza topshirish uchun esa ariza shaklini agitg@gicancer.org.au elektron pochtasi orqali olish mumkin. Grant talablari batafsil: shu yerda berilgan.

Talab etiladigan hujjatlar

  1. Ariza.
  2. Til sertifikati. Odatda kamida IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball boʻlishi talab qilinadi.
  3. 2 ta tavsiyanoma.
  4. CV/Rezyume.
  5. Magistrlik diplomi.
  6. Diplom ilovasi/baholar.
  7. Oldingi ilmiy darajalar haqidagi ma’lumot.
  8. Nashrlar (maqola/ishlanmaning faqat sarlavhasi, rejasi va mazmuni haqidagi qisqacha ma’lumot berilishi kerak)
  9. Tarjimai hol.
  10. Pasport nusxasi.

Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Batafsil ma’lumot shu yerda.

Nomzodlarni saralash 4 mezon asosida amalga oshiriladi. Bu haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Bogʻlanish uchun: agitg@gicancer.org.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!