×

University of Salford: Neft va gaz sohasida magistratura uchun qisman grant


Grant

MUHLAT

25.06.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Buyuk Britaniya

O'QILGAN

2931 marta

Angliyaning Solford shahrida joylashgan University of Salford magistratura kurslari uchun moʻljallangan Petroleum and Gas Master’s International Excellence Scholarship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2019-yilning kuzida oʻqishga kirgan talabalarga bir marta berilishi moʻljallangan. Grantlar universitetning MSc Petroleum and Gas Engineering va MSc Gas Engineering and Management magistratura kurslariga taalluqli.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichlari uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Universitetning MSc Petroleum and Gas Engineering va MSc Gas Engineering and Management magistratura kurslarida oʻqish uchun chet ellik talaba bir yilga 17 460 funt-sterling kontrakt toʻlaydi.

Grant yutib olgan talabaga kontraktdan 5 000 funt-sterling chegirma qilinadi.

Grant talabaning yashash va tibbiy sugʻurta kabi boshqa xarajatlarini qoplamaydi. Shuning uchun ularni talabaning oʻzi toʻlashi kerak.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Barcha davlatlar fuqarolari ariza bera oladi.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak. Grant uchun kamida 2:1/2:2 baho talab qilinadi.
  3. Nomzod univeristetning 2019-yil sentabr oyida boshlanadigan yuqorida koʻrsatilgan magistratura kurslaridan biriga oʻqishga qabul uchun taklifnomani qoʻlga kiritgan boʻlishi zarur. Buning uchun faqatgina stipendiya olish orqali oʻqishga rozilik koʻrsatiladi.
  4. Nomzod oʻzini oʻzi moliyalashtiradigan talaba boʻlishi lozim.
  5. Nomzod chet ellik (overseas) statusida boʻlishi kerak.
  6. Nomzod bakalavr diplomiga ega boʻlishi lozim.
  7. Boshqa stipendiyalarni olayotganlar ariza bera olmaydi.
  8. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. Universitetga qabul uchin IELTS kamida 6,0 (har bir boʻlimdan kamida 5,5) ball talab qilinadi.
  9. Nomzod kursining boshqa maxsus talablariga toʻliq javob berishi kerak.
  10. Nomzodning CV va fotosuratlaridan reklama hamda ma’lumot sifatida foydalanilishi mumkin.

Barcha talab va cheklovlar haqida batafsil: shu yerda tanishing.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantlar yuqoridagi roʻyxatda koʻrsatilgan MSc Petroleum and Gas Engineering yoki MSc Gas Engineering and Management magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun avval oʻqishga ariza berish kerak. Grant yutib olish uchun alohida ariza topshirish talab qilinmaydi. Hujjat topshirish uchun dedlayn: 2019-yilning 25-iyunga qadar. Oʻqishga hujjat topshirish onlayn tarzda ariza toʻldirish orqali amalga oshiriladi. Aniq ma’lumotni kurs sahifasidan olasiz.

Oʻqishga hujjat topshirish

  1. Oʻqishga kirish uchun hujjat topshirish haqida batafsil: shu yerda ma’lumotga ega boʻlasiz.
  2. Kirish talablari haqida esa kurs sahifasining requirements boʻlimida berilgan.
  3. Oʻqishga hujjat topshirish: shu yer orqali amalga oshiriladi.
  4. Kirish talablari davlatlarga koʻra farq qiladi. Universitet roʻyxatidan Oʻzbekistonni toping va talablarni aniqlang.

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  1. Onlayn toʻldirilgan ariza.
  2. Diplom va diplom ilovasi nusxasi. Baholarda kamida 2:1/2:2 natija qayd etilishi lozim.
  3. Ingliz tili imtihoni sertifikati. Universitetga qabul uchun umumiy talab boʻyicha IELTS kamida 6,0 (har bir qismdan kamida 5,5) boʻlishi kerak.
  4. Tanlangan kursga qarab qoʻshimcha ACT/SAT/GRE kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  5. Moliyaviy holat haqida ma’lumotnoma talab qilinishi mumkin.

Nomzodlar grantga aʼlo baholari, tanlangan mutaxassislik boʻyicha bilimlari, ijtimoiy faolligi, intiluvchanligi asosida saralanadilar.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez vaqt ichida elektron pochta orqali xabar qilinadi.

Ma’lumot uchun: international@salford.ac.uk

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!