×

Yangi Zelandiya: Magistratura uchun qisman grant; yillik 9 792 AQSh dollari stipendiya


Grant

MUHLAT

01.09.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Yangi Zelandiya

O'QILGAN

2045 marta

Yangi Zelandiyada joylashgan University of Otago 2019-2020 o‘quv yili uchun Alan Musgrave Master’s Scholarship in Philosophy grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant universitetning barcha magistratura dasturlariga o‘qishga qabul qilingan iqtidorli va a’lochi talabalarga beriladi. Grant 2 yilga ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant kimlar uchun?

Magistratura bosqichi uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

  • Nomzodlarga 2 yil davomida yiliga 15 000 NZD (tahminan 9 792 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiya ajratiladi.
  • Boshqa chet ellik talabalar uchun mahalliy talaba toʻlaydigan hajmda kontrakt puli toʻlab beriladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi bo‘lishi mumkin.
  2. Nomzod University of Otagoga magistratura kurslaridan biriga o‘qishga qabul qilingan bo‘lishi/qilinishi kerak.
  3. Nomzod magistratura kursida kunduzgi tartibda o‘qishi kerak.
  4. Nomzod bakalavr bosqichini a’lo baholar (80% va undan yuqori) bilan tamomlagan bo‘lishi kerak.
  5. Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi zarur.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant University of Otago magistratura kurslarida oʻqish uchun beriladi. Shuning uchun nomzod avval oliygohga oʻqishga ariza berishi kerak. Oʻqishga kirish uchun dedlayn muddati shu yilning 1-sentabri. Oʻqishga kirish qanday amalga oshirilishi va qabul talablari: shu yerda koʻrsatilgan.

Oʻqishga nomzod shu yer orqali hujjat topshiradi. Jarayonni boshlashdan avval yoʻriqnoma bilan batafsil tanishing.

Talab etiladigan hujjatlar

  • Ariza.
  • Bakalavr diplomi.
  • Diplom ilovasi/baholar.
  • CV/Rezyume.
  • Research proposal/Preliminary research outline.
  • Departmental support letter.
  • Til sertifikati. IELTS 7.0 har bir bo‘limdan kamida 6.5 ball.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Barcha hujjatlar ingliz tilida bo‘lishi, ingliz tilida bo‘lmagan hujjatlar notarial tasdiqlangan tarjimasi bilan taqdim etilishi kerak. Kirish talablari: shu yerda berilgan.

Nomzodlarni saralash ularning tadqiqotga oid ma’lumotlar bilan tanishligi, a’lo baholari, ilmiy salohiyati kabilarga koʻra amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayndan keyin imkon qadar tez fursatda xabar qilinadi.

Bogʻlanish uchun: university@otago.ac.nz

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!