AQShning Cornell fondi tomonidan moliyalashtiriladigan The Data Incubator kompaniyasi barcha dasturchi va information texnologiyalar mutaxassislarini Data Science Fellowship trening dasturida qatnashishga taklif etadi. Ushbu dastur o‘z loyihalarini ishlab chiqish va shu orqali jamiyatda foyda keltirishni istaganlar uchun tashkil etilgan.
Dasturda bakalaviat, magistratura va doktoranturani tamomlab, faoliyat bilan shugʻullanayotgan mutaxassislar ishtirok eta oladilar. Trening dasturida qatnashadigan ishtirokchilar AQShning Nyu York, San-Fransisko, Boston va Vashington shaharlarida boʻlib oʻtadigan treninglarda qatnashadilar. Treningdan maqsad o’qishni tamonlagan yosh mutaxassislarni ish faoliyatini boshlash uchun zaruriy mavzularda amaliy bilim va tajriba bilan ta’minlash. Dastur davomida ishtirokchilar real hayotdan olingan ma’lumotlar asosida real muammolarga yechim topish uchun turli loyihalar ustida ishlaydilar. Ishtirokchilarga mutaxassislar yordam berib, ish o’rgatib boradi.
Dasturda full-time, part-time va onlayn shaklda ishtirok etish mumkin. Ishtirokchilar quyidagi sohalarga oid mavzularda loyihalar tayyorlashadi:
- AI
- Energy
- Finance/Fintech
- Healthcare
- Law
- Marketing
- Advertising
- Retail
- Software
- Technology
Grant kimlar uchun?
Dasturlash, axborot texnologiyalari mutaxassislari, ilmiy tadqiqotchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Trening dasturida ishtirok etuvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratib beriladi:
- Treningda qatnashish uchun oʻqish puli toʻliq qoplab beriladi.
- Kelgusida nufuzli tashkilotlarga ishga joylashish imoni mavjud.
- Mini-loyihalar seriyasini ishlab chiqish va ishga tushirish imkoniyati beriladi.
- To’liq grant yutolmagan ishtirokchilar «cost sharing» dasturi doirasida bepul ishtirok etib, yiliga 40 000 AQSh dollari daromad topishni boshlagandan keyin dastur to’lovini amalga oshirishi ham mumkin. Batafsil
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshirishi mumkin.
- Nomzod dasturlash, matematika, informatika sohasi mutaxassisi boʻlishi kerak.
- Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr/magistr/PhD/doktorlik darajasiga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod trening dasturi uchun yetarli boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarga ega boʻlishi lozim.
- Nomzod oʻz loyihasini taqdim etib, tizim/ “oblako”/bazaga joylashtirishi kerak.
- Nomzoddan ingliz tilini bilish talab qilinadi.
- Nomzodga dastur doirasida hujjat tayyorlash, suhbata tayyorlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatiladi.
Treningga oid talab va cheklovlar bilan batafsil: shu yerda tanishing.
Dasturga qabul jarayoni:
Treningda qatnashish uchun ariza onlayn tarzda toʻldiriladi. Hujjatlar 2021-yil 12-fevralgacha qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar:
- CV/resume.
- Ariza.
- Diplom va diplom ilovalari.
- Pasport nusxasi.
- Viza haqida ma’lumot. Treningda qatnashish uchun J-1 vizasini rasmiylashtirish lozim.
- Avval biror loyiha/tadqiqot/treninglarda qatnashgan va mukofotlangan boʻlsangiz, shu haqida ma’lumot.
Qabul jarayonida test topshiriqlari va suhbat o’tkaziladi. Nomzodlar sohaga oid g‘oya, texnologiya, innovatsiya, test va suhbat natijalari kabilarga asosan saralanadi.
Bogʻlanish uchun: shu yerga murojaat qiling. Savollaringiz bo’lsa, bu yerga bosing.