×

Avstraliya: PhD kurslari uchun toʻliq grant; yillik stipendiya; oila a’zolariga qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi!


Grant

MUHLAT

31.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1312 marta

Avstraliyaning Australian National University ANU HDR Fee Merit Scholarship dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Dastur universitet tarkibidagi barcha Doctor of Philosophy (PhD) kurslarida oʻqishni istagan talabalar uchun moʻljallangan. Grant talabaga 3 yilga beriladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni istaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlar beriladi:

  1. Kontrakt puli toʻliq qoplanadi.
  2. Yashash xarajatlari uchun stipendiya beriladi.
  3. Tibbiy sugʻurta olib beriladi.
  4. Yaqin oila a’zolari bilan yashaydigan talabalarga oilasi uchun pul ajratiladi.
  5. Grant yana 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.

Nomzod oʻquv qurollari va kitoblar kabi xarajatlarni oʻzi qoplashi kerak boʻladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha chet ellik fuqarolar ariza topshira oladi.
  • Nomzod universitetning PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod tegishli soha boʻyicha bakalavr (first-class Honours) diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak. Bakalavr va magistr diplomlari H1 darajali boʻlishi lozim.
  • Nomzod tanlagan kursining talablariga mos boʻlishi kerak.
  • Nomzod talab qilingan viza mezonlariga mos kelishi lozim. Grant uchun Student Visa Subclass 500 viza boʻlishi kerak.
  • Nomzod ingliz tilini yaxshi bilishi kerak. IELTS kamida 6,0 yoki ekvivalent talab qilinadi.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grantga alohida ariza berish talab qilinmaydi. Oʻqishga hujjat topshirgan barcha nomzodlar avtomatik tarzda grantga da’vogar hisoblanadi. Dedlayn 2019 yil 15-dekabrgacha, ammo grant olish uchun 31-avgustgacha hujjat topshirish maqsadga muvofiq.

Oʻqishga kirishga ariza topshirish.

  1. Avval How to apply sahifasini diqqat bilan oʻqib chiqing.
  2. Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
  3. Tanlangan kurs sahifasifa kiring.
  4. Overview boʻlimida mumiy maʼlumotlar bilan tanishing.
  5. Admission Requirements sahifasida chet elliklar uchun oʻqishga kirish talablari berilgan. Bu yerda minimal kirish talablari, viza talablari va tanlangan kurs boʻyicha talablar yozilgan.
  6. Admission & Fees. Boʻlimda kreditlar va fanlar soni, kontrakt toʻlovi koʻrsatilgan.
  7. Apply yozuvini bosib, arizani toʻldiring. Arizaga ilova qilish kerak boʻlgan hujjatlarni qoʻshib joʻnating.
  8. Grant boʻyicha toʻliq ma’lumotni: shu yerdan oling.

Hujjatlar tarkibi:

  1. Toʻldirilgan ariza.
  2. CV/Rezyume.
  3. Ingliz tili sertifikati (IELTS umumiy ball kamida 6.0, barcha boʻlimlardan kamida 6,0).
  4. Bachelor Degree/ bakalavr/magistr diplomi va diplom ilovasi. Baholar H1 boʻlishi kerak.
  5. Pasport nusxasi.
  6. Research proposal.
  7. 2 ta tavsiyanoma.

Qoʻshimcha hujjatlar soʻralishi mumkin. Agar grant yoki hujjat topshirish bilan bogʻliq biror muammo tugʻilsa, maqola oxirida koʻrsatilgan manzillar orqali aniqlik kiriting.

Nomzodlar aʼlo baholari, tanlagan sohasi boʻyicha bilim, malaka va koʻnikmalari, til bilish darajasi kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar dedlayn muddatidan keyin imkon qadar tez eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun: student@anu.edu.au

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!