×

Gonkong: PhD uchun 39 700 AQSh dollar grant; yillik 1 700 AQSh dollar stipendiya; joy – 250 ta!


Grant

MUHLAT

01.12.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

Gong Kong

O'QILGAN

2009 marta

Gongkong universitetlari Research Grants Council (RGC) tomondan tashkil etilgan Hong Kong PhD Fellowship grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant dasturidan maqsad eng iqtidorli boʻlajak olimlarga Gonkong oliygohlarida tekin oʻqish imkoniyatini yaratish. Dastur doirasida 250 nafar talabaga grant berilishi rejalashtirilgan.

Dastur Gongkongdagi quyidagi 8 universitet PhD kurslarini oʻz ichiga oladi:

  • City University of Hong Kong.
  • Hong Kong Baptist University.
  • Lingnan University.
  • The Chinese University of Hong Kong.
  • The Education University of Hong Kong.
  • The Hong Kong Polytechnic University.
  • The Hong Kong University of Science and Technology.
  • The University of Hong Kong.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida tahsil olishni xohlaganlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Grant yutib olgan  250 nafar talabaga yiliga 309 600 HK (taxminan 39 700 USD) miqdorida stipendiya beriladi. Undan tashqari, talaba taqdiqot maqsadida tadbirlarda qatnashish yoʻl xarajatlarini qoplash uchun yiliga 12 900 HK (1 700 USD) miqdorida qoʻshimcha mablagʻ ajratiladi.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  1. Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
  2. Nomzod a’lo baholarga oʻqigan boʻlishi kerak.
  3. Nomzod yaxshi tadqiqot qila olishi zarur.
  4. Nomzod oʻzida kuchli yetakchilik qobiliyatini namoyon qilishi kerak.
  5. Nomzod muloqot qilish va odamlar bilan ishlash boʻyicha malakaga ega boʻlishi kerak.
  6. Nomzod sohaga mos keladigan boʻyicha bakalavr yoki magistratura bosqichini tamomlagan boʻlishi kerak.

Barcha talablar: shu yerda va shu yerda batafsil yoritilgan.

Dasturga qabul jarayoni:

Grantga arizalar taxminan 1-dekabrgacha qabul qilinadi. Universitetlarning qabul muddatlari farq qiladi, shu sababli dedlayn taxminan olindi.

Hujjat topshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  1. Grant yutib olish uchun avval maxsus tizimga ariza topshirib, ariza topshirilganda taqdim etiladigan ID raqamni olish kerak boʻladi.
  2. Buning uchun HKPFSES tizimiga onlayn ariza topshirish Bunda sizga maxsus yoʻriqnoma yordam beradi.
  3. Ariza topshirib, ariza topshiruvchining ID raqamini olgandan keyin nomzodlar oʻzlari tanlagan PhD kurslariga hujjat topshirishlari mumkin boʻladi.
  4. Hujjat topshirayotganda ikkitagacha PhD kursiga hujjat topshirish mumkin, bular bir universitetdagi ikki xil yoʻnalishdagi PhD kurslari boʻlishi ham ikkita alohida universitetdagi kurslar boʻlishi ham mumkin.
  5. Nomzod oʻzi hujjat topshirayotgan universitetning ichki qabul talablariga toʻliq mos boʻlishi zarur. Talablarni bilish uchun esa sizni qiziqtirgan universitetdagi kerakli kurs haqida ma’lumot toʻplash kerak.
  6. Arizalar 2019-yil dekabr oyining boshigacha qabul qilinadi. Ba’zi universitetlarda qabul 1-dekabrgacha ochiq boʻladi, ba’zilarida hujjat topshirish muhlati 2, 3 va 4-dekabr.

Arizalar ilk saralashdan oʻtgach, ariza topshirilgan kurslar yoʻnalishiga qarab ikkita hay’at a’zolari arizalarni koʻrib chiqa boshlaydi. Bular:

  • Engineering and Technology Fan, Tibbiyot, Muhandislik va Texnologiya hay’ati.
  • Ijtimoiy va Gumanitar fanlar ham Biznes hay’ati.

Saralash jarayonida asosiy e’tibor nomzodning akademik imkoniyatlariga qaratiladi.

Ma’lumot uchun: Savol-javoblar sahifasi.

Universitetlar elektron manzillari:

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!