Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University PhD Scholarships – ARC Training Centre for Transforming Maintenance through Data Science dasturi uchun arizalar qabulini eʼlon qildi. Nomzodlar universitetdagi PhD kurslaridan biriga oʻqishga kirgan boʻlishlari kerak. Grant uch-toʻrt yilga ajratiladi. Grant 6 nafar nomzodga beriladi. Grant yutib olgan nomzodlar Curtin yoki Western Australia universitetlaridan birida oʻqiydi. Shuningdek, nomzod trening markaz tashkil etadigan tadbir va ishlarda 18 oy ishlab beradi.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Curtin University PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi.
Grant yutib olgan nomzodga quyidagi imkoniyatlardan yashash xarajatlari uchun har yili 30 000 AUD (taxminan 20 286 USD) ajratiladi.
Talablar:
Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
- Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
- Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod Universitet PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
- Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
Barcha talablar: shu yerda.
Dasturga qabul jarayoni:
Grant universitetdagi PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn- 2020-yil 20-fevralgacha.
Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:
- Shu yerdan kerakli kursni tanlang.
- How to apply sahifasida qanday hujjat topshirishni batafsil oʻqib chiqing.
- Shu yerda kirish talablari bilan tanishing.
- Shu yerdan ilmiy rahbar tanlang.
- Shu yerda kerakli kurs uchun ariza toʻldiring.
- Arizaga soʻralgan hujjatlarni ilova qiling va joʻnating.
- Grantga hujjat topshirish. Avval ushbu 3 ta mavzudan birini tanlang:
- Supporting the Maintainer through the automation of the work management stages; Prof Melinda Hodkiewicz Email: melinda.hodkiewicz@curtin.edu.au.
- Supporting the Engineer with the next generation of data science products, improving prediction of critical equipment failure; Prof Michael Small, Email: michael.small@curtin.edu.au.
- Supporting the Manager by optimising maintenance scheduling and execution. Prof Ryan Loxton Email: r.loxton@curtin.edu.au.
- Soʻngra yoʻriqnomani batafsil oʻrganing. CV, baholar va 500 ta soʻzgacha Expression of Interest (EOI) ni dedlayngacha eoi@maintenance.org.au manziliga joʻnating.
- Savollar yuzasidan: Natasha Bartlettga Natasha.m.bartlett@curtin.edu.au elektron manzili orqali murojaat qiling.
- Grantga oid qoʻshimcha ma’lumotlar yuqoridagi manzillar yoki: shu yerda va shu yerda berilgan.
- Umumiy talablar esa: shu yerda.
Hujjatlarning taxminiy tarkibi:
- Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
- Expression of Interest.
- Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot.
- Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
- Research proposal.
- Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
- CV/resume.
- Agar boshqa malaka hujjatlari bor boʻlsa, ularni ham topshirish kerak.
Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.
Natijalar 2020-yil aprelda eʼlon qilinadi.
Bogʻlanish uchun: Natasha.m.bartlett@curtin.edu.au