×

Avstraliya: Muhandislik va tabiiy fanlar boʻyicha PhD uchun 18 658 AQSH dollar grant!


Grant

MUHLAT

Doimiy

QOLGAN VAQT

Doimiy

HUDUD

Avstraliya

O'QILGAN

1228 marta

Avstraliyaning gʻarbida joylashgan Curtin University Engineering boʻyicha PhD bosqichida oʻqishni istagan talabalardan 2019 PhD Scholarship – Innovative new methods for soil organic carbon assessment and monitoring dasturiga arizalar qabul qilishni boshladi.

Ushbu stipendiya dasturi universitet tarkibidagi Faculty of Science and Engineeringda School of Molecular va Life Sciences boʻyicha PhD (HDR) kursiga oʻqishga kirgan talabalariga beriladi. Grant uch yarim yilga ajratiladi.

Grant kimlar uchun?

PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Curtin University PhD kursida oʻqish tanlangan kurs va fanlarga koʻra farq qiladi. Har bir dastur uchun 9 250 AUD (6 493 USD) toʻlash kerak. Umumiy kontrakt miqdori nechta dasturni oʻqishingizdan kelib chiqadi. Agar 4 ta shunday fanni tanlasangiz, taxminan 39 000 AUD (27 376 USD)  kontrakt toʻlaysiz.

Grant yutib olgan nomzodga 3 yilga yashash xarajatlari uchun har yili 27 596 AUD (taxminan 18 658 USD) ajratiladi. Grant muddati 6 oyga uzaytirilishi mumkin.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:

  • Barcha davlatlar fuqarolari ariza topshira oladi.
  • Nomzod bakalavr/magistr diplomiga ega boʻlishi kerak.
  • Ingliz tilini yaxshi bilishi, IELTS kamida 6,5 (har bir qism boʻyicha kamida 6,0) boʻlishi kerak.
  • Nomzod aʼlochi (Honours yoki 2:1) boʻlishi kerak.
  • Universitet PhD kursida oʻqishga qabul qilingan boʻlishi kerak.
  • Nomzod oʻqish davomida Avstraliyada yashashini kafolatlashi kerak.
  • Nomzod tahliliy koʻnikma va kreativ tafakkuri orqali tadqiqotchilik salohiyatini koʻrsata olishi lozim.
  • Nomzod guruhda ishlay olishi va individual vazifalar uchun mas’uliyatni boʻyniga olishi zarur.
  • Nomzod tadqiqot boʻyicha ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
  • Nomzod kuchli intizomga rioya qilishi va guruhni boshqara olishi lozim.

Barcha talablar: shu yerda.

Dasturga qabul jarayoni:

Grant Faculty of Science and Engineeringda School of Molecular va Life Sciences boʻyicha PhD (HDR) kursida oʻqish uchun beriladi. Dastlab oʻqishga hujjat topshirish kerak. Keyin alohida grantga ariza beriladi. Dedlayn- doimiy ochiq.

Hujjat topshirish jarayonining ketma-ketligi va hujjatlar tarkibi quyidagicha:

Hujjatlarning taxminiy tarkibi:

  • Bakalavr/magistr diplomi va diplom ilova nusxasi.
  • Avval oʻqigan universitetlardan baholar varagʻi (honours).
  • Agar nomzod tanlagan sohasi boʻyicha ishlayotgan boʻlsa, ish tajribasi haqida maʼlumot (bunda tashkilot nomzod ishini qanday bajarayotgani haqida maʼlumot beradi) va yuqorida koʻrsatilgan baholar varagʻini topshiradi.
  • Ingliz tili sertifikati. Kamida IELTS 6.5 (barcha boʻlimlardan kamida 6,0) yoki ekvivalent sertifikati topshiriladi.
  • Research proposal.
  • Sohaga oid GRE/GMAT/SAT kabi sertifikatlar soʻralishi mumkin.
  • CV/resume va nashr ishlari.
  • Personal statement.
  • 2 ta tavsiyanoma.

Nomzodlar aʼlo baholari va yutuqlari, ish tajribasi, mavzuga oid tadqiqiotlarda qatnashganligi, til bilish darajasi, shaxsiy fazilatlari kabilarga asosan amalga oshiriladi.

Natijalar oʻqish boshlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Bogʻlanish uchun:

Prof. Raphael VISCARRA ROSSEL

Curtin University, Perth WA, Australia

Email: r.viscarra-rossel@curtin.edu.au

Telefon: +61 467 769 364

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!