Asosiy ma’lumot: Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti va Uzbekiston Innovatsion rivojlanish Vazirligi 9-14 yoshgacha bo‘lgan, robototexnika va texnologiyalarga qiziquvchi bolalar va o‘smirlarni INNOCAMP 2019 – innovatsion robototexnika oromgohiga taklif etadi.
Oromgoh 2019-yilning 19-avgustidan 24-avgustigacha bo‘lib o‘tadi. Dasturda o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etishlari mumkin. Dastur davomida bolalar turli kurslar va musobaqalarda qatnashadilar. Oromgoh har kuni soat 10:00 dn 17:00gacha davom etadi.
Grant kimlar uchun?
9-14 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Oromgohda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:
- Qatnashchilarga dastur yakunida sertifikatlar beriladi.
- Dastur davomida ishtirokchilar intellectual o‘yinlar, robotlar yasash, dasturlash darslarida qatnashadilar.
- O‘rgangan bilimlari yordamida robotlar yasaydilar.
- Guruhlarga bo‘linib jamoaviy loyihalar ishlab chiqadilar va taqdim etadilar.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:
- Nomzod o‘zbekistonlik bo‘lishi lozim.
- Oromgohda 19 yoshdan 14yoshgacha bo‘lganlar qatnashishlari mumkin.
- O‘g‘il yoki qiz bola nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.
- Nomzod texnika, robototexnika va texnologiyalar hamda dasturlashga qiziqishi lozim.
- Nomzod robototexnika va texnologiyalar hamda dasturlashga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
- Nomod guruhga ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
- Nomzod ishlab chiqilgan loyihani taqdim eta olishi zarur.
- Nomzod ko‘rsatilgan muddatda oromgohda qatnashishga tayyor bo‘lishi lozim.
Dasturga qabul jarayoni:
Oromgohda qatnashsh uchun avvalo ro‘yxatdan o‘tish kerak. Dedlayn 17-avgust.
Onlayn arizalarni: shu yerda topshirishingiz mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- To‘ldirilgan ariza.
- Tug‘ilganlik haqida guvohnoma.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
Telefon: +99890186 41 42
Telegram: @umid_xoja