×

INNOCAMP 2019: Robototexnika bo‘yicha 6 kunlik yozgi oromgoh; dasturlash va konstruksiya kurslari o‘tiladi!


Grant

MUHLAT

17.08.2019

QOLGAN VAQT

Muhlat tugagan

HUDUD

O'zbekiston

O'QILGAN

2662 marta

Asosiy ma’lumot: Toshkentdagi Turin Politexnika Universiteti va Uzbekiston Innovatsion rivojlanish Vazirligi 9-14 yoshgacha bo‘lgan, robototexnika va texnologiyalarga qiziquvchi bolalar va o‘smirlarni INNOCAMP 2019 – innovatsion robototexnika oromgohiga taklif etadi.

Oromgoh 2019-yilning 19-avgustidan 24-avgustigacha bo‘lib o‘tadi. Dasturda o‘g‘il va qiz bolalar ishtirok etishlari mumkin. Dastur davomida bolalar turli kurslar va musobaqalarda qatnashadilar. Oromgoh har kuni soat 10:00 dn 17:00gacha davom etadi.

Grant kimlar uchun?

9-14 yoshli bolalar va o‘smirlar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

Grantning manfaatli jihatlari:

Oromgohda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘lganlarga quyidagi imtiyozlar beriladi:

  • Qatnashchilarga dastur yakunida sertifikatlar beriladi.
  • Dastur davomida ishtirokchilar intellectual o‘yinlar, robotlar yasash, dasturlash darslarida qatnashadilar.
  • O‘rgangan bilimlari yordamida robotlar yasaydilar.
  • Guruhlarga bo‘linib jamoaviy loyihalar ishlab chiqadilar va taqdim etadilar.

Talablar:

Nomzodlar quyidagi talablarga mos bo‘lishi kerak:

  1. Nomzod o‘zbekistonlik bo‘lishi lozim.
  2. Oromgohda 19 yoshdan 14yoshgacha bo‘lganlar qatnashishlari mumkin.
  3. O‘g‘il yoki qiz bola nomzodlar hujjat topshirishlari mumkin.
  4. Nomzod texnika, robototexnika va texnologiyalar hamda dasturlashga qiziqishi lozim.
  5. Nomzod robototexnika va texnologiyalar hamda dasturlashga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq.
  6. Nomod guruhga ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
  7. Nomzod ishlab chiqilgan loyihani taqdim eta olishi zarur.
  8. Nomzod ko‘rsatilgan muddatda oromgohda qatnashishga tayyor bo‘lishi lozim.

Dasturga qabul jarayoni:

Oromgohda qatnashsh uchun avvalo ro‘yxatdan o‘tish kerak. Dedlayn 17-avgust.

Onlayn arizalarni: shu yerda topshirishingiz mumkin.

Kerakli hujjatlar:

  1. To‘ldirilgan ariza.
  2. Tug‘ilganlik haqida guvohnoma.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

Telefon: +99890186 41 42

Telegram: @umid_xoja

error: Ma‘lumotni nusxalash ta‘qiqlangan!