Amerika Qoʻshma Shtatlarining Stanford University navbatdagi EDGE: Enhancing Diversity in Graduate Education Doctoral Fellowship dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Grant 2020-oʻquv yilida universitetning School of Earth, School of Energy & Environmental Sciences, School of Education, School of Engineering va School of Humanities and Sciences maktablarida oʻqitiladigan PhD kurslariga qabul qilingan/qilinadigan talabalar uchun moʻljallangan. Grantlar mahalliy va xorijlik talabalar uchun ajratiladi. Ushbu stipendiya ikki-uch yilga beriladi. Grantga nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
Grant kimlar uchun?
PhD bosqichida oʻqishni xohlovchilar uchun
Batafsil ma'lumot uchun link
Grantning manfaatli jihatlari:
Grant yutib olgan nomzodga ikki-uch yil davomida kontrakt toʻlovi va yashash xarajatlari toʻliq qoplab beriladi va sayohat uchun ham mablagʻ ajratiladi. Barcha ma’lumot: shu yerda.
Talablar:
Nomzodlar quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak:
- Nomzod istalgan davlat fuqarosi boʻlishi mumkin.
- Nomzod Stanford Universityning School of Earth, School of Energy & Environmental Sciences, School of Education, School of Engineering va School of Humanities and Sciences maktablarida oʻqitiladigan PhD kurslaridan biriga oʻqishga qabul qilinishi kerak.
- Nomzod bakalavr/magistr darajasiga ega boʻlishi kerak.
- Nomzod aʼlochi boʻlishi kerak.
- Nomzod ingliz tilini a’lo darajada bilishi kerak.
- Nomzod tanlagan sohasi boʻyicha kursning maxsus talablariga mos boʻlishi lozim.
- Nomzod sohaga oid tadqiqotlarda ishtirok etgan boʻlishi zarur.
Dasturga qabul jarayoni:
Grantlar universitet School of Earth, School of Energy & Environmental Sciences, School of Education, School of Engineering va School of Humanities and Sciences maktablarida oʻqitiladigan PhD kurslarida oʻqish uchun beriladi. Grant beriladigan boʻlim/sohalarning har biri alohida qabul talablariga eg. Shuningdek, dedlayn muddatlari ham farq qiladi. Shu sababli aniq dedlayn muddati belgilanmagan. Muddat va talablarni tanlagan kurs sahifasidan yoki fakultet/boʻlimdan aniqlash lozim.
Hujjatlar quyidagi tartibda topshiriladi:
- Grantga nomzod oʻzi ariza bera olmaydi. Nomzodni fakultet yoki boʻlim rahbariyati koʻrsatadi. Shuning uchun nomzod avval oʻqishga kirishi kerak.
- Grant beriladigan fakultet/boʻlimlaridagi PhD kurslari roʻyxatidan oʻzingizga mos keladigan kursni tanlang va oʻqishga ariza bering.
- Grantga ariza berish uchun esa, avvalo talab va cheklovlarni oʻqib chiqing.
- Grant borasidagi savollar yuzasidan va yoʻriqnoma olish uchun: shu yerga murojaat qilish mumkin.
Hujjatlar tarkibi (taxminiy):
- Toʻldirilgan ariza.
- CV/resume.
- Research proposal.
- Cover letter.
- Diplom va diplom ilovalari.
- Ish tajribasi va erishilgan yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar.
- Esse yoki motivatsion xat (agar lozim boʻlsa).
- Test natijalari (GMAT, GRE, TOEFL/IELTS).
Nomzodlar a’lo baholari, yetakchilik qobiliyati, ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi kabi mezonlarga koʻra saralanadi.
Saralash bosqichidan oʻtgan nomzodlar bilan imkon qadar tez fursatda bogʻlaniladi.
Ma’lumot uchun: shu yerga murojaat qiling.